Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda yo‘qolib qolgani aytilgan o‘zbekistonlik ayol topilgani xabar qilindi
Ayolning aytishicha, u fevralda qattiq kasal bo‘lib qolgan. Karantinga olishlaridan qo‘rqib shifoxonaga bormagan va besh oy davomida hech kim bilan muloqotda bo‘lmagan.
Qozog‘istonda yo‘qolib qolgani aytilgan o‘zbekistonlik 39 yoshli Mehribonbi Yo‘lchiyeva topildi. Bu haqda O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchixonasiga tayanib Tengrinews.kz xabar berdi.
Mehribonbi Yo‘lchiyevaning aytishicha, u fevralda qattiq kasal bo‘lib qolgan.
«Haroratim 40-41 darajaga ko‘tarilib ketdi. O‘rnimdan turolmay qoldim. Karantinga olishlaridan qo‘rqib shifoxonaga bormadim. Besh oy hech kim bilan muloqotda bo‘lmadim. Oziq-ovqat, dori-darmon kerakligi uchun telefonimni sotib yuborgandim. Yaqinda telefon sotib oldim. Uyga qaytishni o‘yladim, ammo hamma chegarada meni karantinga olishlarini aytib qo‘rqitdi», — degan u.
Xabar qilinishicha, ayolning qarindoshlari u bilan aloqa uzilganidan so‘ng yordam so‘rab jurnalistlarga murojaat qilishgan. Ular ayol qullikka tushib qolgan bo‘lishi mumkinligini aytishgan.
Mavzuga oid
23:27 / 27.12.2025
Qozog‘iston tog‘larida uch kishining jasadi topildi
12:53 / 27.12.2025
Rossiya va Qozog‘iston yangi raketa-tashuvchining parvozini keyinroqqa surdi
21:36 / 25.12.2025
Qozog‘iston AZAL samolyoti halokati tergovining dastlabki tafsilotlarini oshkor qildi
21:50 / 23.12.2025