Jahon | 17:09 / 14.07.2021
4537
2 daqiqa o‘qiladi

Yevropada kuchli yomg‘irlar suv toshqinlariga sabab bo‘ldi

Sinoptiklarning ma'lumotlariga ko‘ra, Hof shahrida 12 soat ichida bir kvadrat metr maydonga 80 litr yomg‘ir yog‘gan.

G‘arbiy va markaziy Yevropada suv toshqinlari sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda AR.

Germaniyaning Hof shahrida suv uylarning birinchi qavatiga toshib kirgan, kuchli shamol daraxtlarni ag‘darib, elektr simlarini uzib yuborgan. Sinoptiklarning ma'lumotlariga ko‘ra, shaharda 12 soat ichida bir kvadrat metr maydonga 80 litr yomg‘ir yog‘gan.

Hagenda bir nechta avtomobil suv oqimi ostida qolgan, avtomobillar ichidagi haydovchilar o‘t o‘chiruvchilar tomonidan chiqarib olingan. 

Erhart shahrida jala kanalizatsiyani to‘ldirib yuborganligi sababli aholidan idish va kir yuvish mashinalarini ishlatmaslik va cho‘milmay turish so‘ralgan.

Niderlandiyaning Limburg shahri aholisiga daryo va irmoqlardan uzoqroqda bo‘lish tavsiya qilingan. 

Shveytsariyadagi Lyutsern ko‘lida suv sathi keskin ko‘tarilgan. Le Matin nashri boshqa ko‘llarda ham suv sathi xavfli darajada ko‘tarilganini xabar qilmoqda. Mahalliy hokimiyat ortiqcha suvni shlyuzlar orqali chiqarib yubormoqda, transport yo‘llari yopilmoqda. Shveytsariyada dushanbadan beri yomg‘ir yog‘moqda.

Meteorologlar yirik daryolardagi toshqinlar hafta oxirigacha davom etishini taxmin qilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid