Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘qayev Qozog‘istonda aholi koronavirusga qarshi majburan emlanmasligini aytdi
«Vaksina olishni istamaganlar bilan ishlashda differensial yondashuv lozim. Rad etish sabablari turlicha. Undaylar orasida ikkilanayotganlar ham ko‘p», - dedi Qozog‘iston prezidenti.
Qozog‘iston hukumati aholini yirik mehnat jamoalari bilan bog‘liq holatlardan tashqari, koronavirusga qarshi emlanishga majbur qilmaydi. Bu haqda mamlakat prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev aytdi.
«Vaksina olishni istamaganlar bilan ishlashda differensial yondashuv lozim. Rad etish sabablari turlicha. Undaylar orasida ikkilanayotganlar ham ko‘p», — dedi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ularni barcha vositalar orqali ishontirish kerak.
«G‘arbning ayrim rivojlangan mamlakatlarida ishontirish uslubidan majburlash choralariga o‘tishmoqda. Biz bunday qilmaymiz, yirik mehnat jamoalari faoliyati bilan bog‘liq holatlardan tashqari», — dedi To‘qayev.
Mavzuga oid
20:34 / 10.07.2026
Rossiya gazining O‘zbekistonga yetkazib berish hajmi oshishi kutilmoqda
17:53 / 08.07.2026
Qozog‘istonda qo‘shni davlatlardan transport vositalari kirishi cheklandi
17:54 / 07.07.2026
Qozog‘iston Konstitutsiyaviy sudi To‘qayevga yana prezidentlikka nomzodini qo‘yishga ruxsat berdi
17:42 / 06.07.2026