Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Gruziyaga Pfizer vaksinasidan 500 ming doza sovg‘a qildi
Gruziya mehnat, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy muhofaza vazirligining ma'lum qilishicha, AQSh prezidenti Jo Bayden Gruziyaga Pfizer vaksinasidan 500 ming doza sovg‘a qilishni buyurdi. Vaksina Tbilisiga 24 iyulda keltiriladi.
Foto: AFP
Ta'kidlanishicha, ushbu miqdor 250 ming kishini to‘liq emlash uchun yetadi.
Gruziyada ayni vaqtda 3,7 mln aholining 1,5 foizi to‘liq emlangan, 3 foizi esa vaksinaning birinchi dozasini olgan. Xitoy Gruziyaga Sinovac va Sinofarm vaksinalaridan 1,5 mln doza yetkazgan, biroq mamlakat bosh vaziri Irakliy Garibashvilining ta'kidlashicha, emlash jarayoni sust bormoqda. Bunga esa aksariyat gruziyaliklar dunyodagi eng yaxshi vaksinalardan biri deb e'tirof etilayotgan Pfizer vaksinasi keltirilishini kutgani sabab hisoblanadi.
Tbilisi Covax dasturi orqali mart oyida Pfizer vaksinasidan 29,25 ming, iyulda esa 28 ming doza olgan. Biroq bu vaksinalar tezda ishlatib bo‘lingan. Ta'kidlanishicha, AQSh sovg‘a qilgan vaksina Gruziyada oktyabrda o‘tadigan munitsipal saylovlar oldidan hukumatga juda qo‘l kelishi mumkin. Hukumat parlamentga navbatdan tashqari saylovlardan qochish uchun partiya ro‘yxatlari bo‘yicha saylovchilar ovozlarining 43 foizini to‘plashi lozim.
Mavzuga oid
22:13 / 08.02.2026
AQSh Yaqin Sharqqa harbiy yuklar tashish sur’atini oshirmoqda
13:30 / 07.02.2026
AQSh elchisi Polsha Seymi spikeri bilan aloqalarni uzmoqda
11:19 / 07.02.2026
Tramp: Eron bilan muzokaralar yaxshi ketyapti, unga kelishuv qiziq
09:31 / 07.02.2026