Toşkent konferensiyasidan real natijalar kutiş örinlimi? Furqat Siddiqov bilan suhbat
|19:16 / 24.07.202114 00610 min
Taşqi işlar vaziri örinbosari Furqat Siddiqov Özbekiston öz hududiga xorijiy harbiy bazalarni joylaştirmaslik pozitsiyasida qat'iy qolişini ta'kidladi.
Foto: TIV axborot xizmatiFoto: TIV axborot xizmati
15-16 iyul kunlari Toşkentda «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy özaro boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya bölib ötdi. Kun.uz Özbekiston taşqi işlar vaziri örinbosari Furqat Siddiqovga uşbu xalqaro anjumanning ahamiyati, undan kutilayotgan natijalar borasida savollar bilan murojaat qildi.
- Ma'lum sabablarga köra ajralib qolgan Markaziy va Janubiy Osiyo hamkorligini jonlantiriş böyiça xalqaro anjumanlar avval ham ötkazilganmi? Toşkent konferensiyasining ulardan farqlari nimalarda böldi?
- Bugun dunyoda global geosiyosiy transformatsiyalar davri hukm surmoqda. Bu esa turli tahdidlar bilan bir qatorda ulkan imkoniyatlar ham taqdim etmoqda. Bu jarayonlarda Markaziy va Janubiy Osiyo örtasidagi faol hamkorlik aloqalarining qayta tiklanişi obektiv jarayonga aylanmoqda.
Şu nuqtayi nazardan Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Toşkentda 15-16 iyul kunlari ötkazilgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy özaro boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi yuqori darajadagi konferensiya mintaqamiz hayotidagi va xalqaro kölamdagi muhim voqea böldi.
Şakl va mazmun mohiyati jihatidan birinçi marta taşkil etilgan mazkur anjumanda Afğoniston prezidenti Aşraf Ğani, Pokiston boş vaziri Imron Xon, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlari hamda boşqa qator mamlakatlar taşqi işlar vazirlari, 44 davlat va 30ga yaqin xalqaro taşkilot delegatsiyalari, nufuzli tadqiqot va tahlil markazlari rahbarlari iştirok etgani ham forum ahamiyati naqadar dolzarb ekanini ifodalaydi.
Yana bir muhim jihatga e'tibor qaratişni istardim. Saudiya Arabistoni, Kuvayt, Bangladeş taşqi siyosat idoralari rahbarlarining Toşkent xalqaro konferensiyasidagi iştiroki islom dunyosi yangi Özbekistonda amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar jarayoniga katta qiziqiş bilan munosabatda bölayotgani, davlatimiz rahbarining xalqaro taşabbuslarini qöllab-quvvatlayotgani ifodasidir.
Ma'lumki, Markaziy va Janubiy Osiyo tarixan bir biri bilan ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-tsivilizatsion ölçovlar bilan çambarças boğliq bölgan mintaqalardir. Buyuk Ipak yöli çorrahasida joylaşgan bu ikki ulkan hudud asrlar davomida xalqlar va sivilizatsiyalar örtasidagi faol muloqotga salmoqli hissa qöşgan. Afsuski, XIX asrda tarixiy voqealar tufayli ikki qöşni mintaqaning özaro aloqalariga putur yetgan.
Özbekiston prezidenti konferensiyaning oçiliş marosimida ta'kidlaganidek, ikki mintaqa xalqlarining ulkan tarixiy, ilmiy, madaniy-ma'rifiy merosi hamda iqtisodiyotlarimizning özaro bir-birini töldiriş imkoniyatlaridan kelib çiqqan holda, mavjud intellektual salohiyatni, birgalikdagi sa'y-harakatlarimizni özaro muvofiqlaştiriş vaqti keldi.
Mavzuga oid
Davlatimiz rahbari «Markaziy va Janubiy Osiyoning tarixiy va sivilizatsiyaviy muştarakligi, xalqlarimiz va mamlakatlarimizning umumiy manfaatlari birgalikda farovon kelajakni bunyod etişimiz uçun mustahkam zamin yaratişi»ni qayd etdi.
Ikki mintaqa hamkorligini jonlantiriş böyiça xalqaro anjumanlarni ötkaziş masalasiga kelsak, öz mazmun-mohiyati va xalqaro ahamiyatidan kelib çiqqan holda Toşkent forumi mintaqaviy özaro boğliqlikni rivojlantirişda yangi bosqiçni boşlab berdi, deyişga töliq asosimiz bor.
Anjumanning miqyosi nihoyatda keng va yuqori darajada böldi. Unda Afğoniston va Pokiston yetakçilari iştirok etgani, köplab davlatlar, jumladan, ikki mintaqa mamlakatlari taşqi siyosat mahkamalari rahbarlari faol qatnaşgani, Markaziy va Janubiy Osiyo örtasidagi aloqalarni mustahkamlaş yuzasidan istiqbolli fikrlar bildirilgani ham bundan dalolat berib turibdi.
Şu örinda men Pokiston boş vaziri Imron Xonning rasmiy taşrifi yakunlariga ham e'tibor qaratmoqçiman. Zero, mazkur siyosiy voqea davlatimiz rahbarining mintaqalararo özaro boğliqlikni rivojlantiriş böyiça taşabbusi naqadar dolzarb ekanini körsatib turibdi.
Muzokaralar yakunida prezident Şavkat Mirziyoyev va boş vazir Imron Xon Özbekiston Respublikasi va Pokiston Islom Respublikasi örtasida strategik şeriklik aloqalarini örnatiş töğrisidagi qöşma deklaratsiyani imzoladilar.
Tranzit va savdo, işbilarmon doiralar vakillari va sayyohlik guruhlari uçun viza tartiblarini soddalaştiriş töğrisida hukumatlararo bitimlar imzolandi. Şuningdek, Mudofaa vazirliklari örtasida harbiy ta'lim sohasida hamkorlik töğrisida protokol, 2021-2026 yillarga möljallangan Madaniy almaşuv dasturi, turizm masalalari böyiça anglaşuv memorandumi, davlat çegarasidan olib ötilayotgan tovarlar va transport vositalari haqida oldindan axborot almaşiş töğrisida bayonnoma, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti bilan Pokiston diplomatik xizmat akademiyasi örtasida anglaşuv memorandumi, Özbekiston – Pokiston işbilarmonlar kengaşini tuziş töğrisida bitim tasdiqlandi.
E'tiborlisi, taşrif doirasida bölib ötgan Hukumatlararo komissiya majlisi hamda Özbekiston – Pokiston biznes forumida qiymati 500 million dollardan ziyod şartnomalar imzolangani ma'lum qilindi.
Bularning barçasi ikki mintaqa davlatlari va xalqlari örtasidagi zamonaviy munosabatlar yangi mazmun kasb etayotganidan dalolat bermoqda.
- Afğonistonni kutayotgan kelajak mavhum ekanini inobatga olsak, konferensiyadan real natijalar kutiş örinlimi?
- Haqiqatan ham, Afğoniston kelajagi AQŞ va NATO kuçlarining mamlakatdan töliq olib çiqilganidan keyin uşbu mamlakatdagi vaziyatning qay yösinda rivojlanişi bilan boğliq bölib qolmoqda.
Afğonistonning keyingi 20 yillik tarixiga nazar taşlaydigan bölsak, ötgan davr mobaynida uşbu mamlakatda keng qamrovli işlar amalga oşirildi. Endilikda esa, mamlakat hayotida erişilgan barça yutuqlarni saqlab qoliş va yanada rivojlantiriş zarur deb, hisoblaymiz.
Bugungi murakkab vaziyatda dunyo hamjamiyatining asosiy diqqati içki afğon kuçlari örtasida tinçlik muzokaralarining muvaffaqiyatli davom etişi va imkon qadar qisqa muddatlarda özaro kelişuvga erişiş zarurligiga qaratilgan.
Muzokaralar özaro kuraşayotgan tomonlar örtasida öt oçişni töliq töxtatiş va umummilliy tinçlik şartnomasini imzolaşga yordam beradi deya, umid bildiramiz. Afğon mojarosini harbiy yöl bilan hal etiş imkoni yöq, buni tarixning özi isbotlab berdi.
Mamlakatimiz rahbariyati Afğonistondagi inqirozli vaziyatni faqat tinç muzokaralar yöli bilan hal qiliş, mamlakatdagi barça siyosiy partiyalar va kuçlarni öz xalqining kelajagi uçun birlaştiriş, afğonlararo tinçlik jarayoniga barça içki siyosiy guruhlarni jalb qiliş lozimligiga alohida urğu bermoqda.
Biz, uşbu davlatda tinçlik örnatilişi uçun lozim bölgan asosiy tamoyilga sodiq qolamiz, ya'ni mamlakatda barqaror tinçlik örnatiş uçun zarur bölgan siyosiy jarayonlar faqat afğonlarning özlari tomonidan va Afğoniston xalqi rahbarligida, ya'ni «Afghan own, afghan led» şiori ostida amalga oşirilişi zarur.
Şu ma'noda, Toşkentda bölib ötgan «Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy özaro boğliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar» mavzusidagi xalqaro konferensiya Afğonistonda uzil-kesil tinçlikni qaror toptirişga yönaltirilgan navbatdagi muhim qadam böldi desak, xato qilmagan bölamiz.
Çunki anjumanda Afğoniston va Pokiston rahbariyati, qator davlatlar taşqi siyosat mahkamalari rahbarlari, şuningdek, xalqaro moliya institutlari, nufuzli banklar boşqaruv hay'ati a'zolari, dunyoning yetakçi tadqiqot va tahliliy markazlarining vakillari sözga çiqib, Afğonistondagi vaziyat va uning yeçimini topiş böyiça qimmatli fikrlarni ilgari surdi.
Davlatimiz rahbari xalqaro konferensiyadagi nutqida Afğoniston Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy boğliqligini amalda ta'minlaşning muhim böğinlaridan biri hisoblanişiga alohida e'tibor qaratib, ikki mintaqa örtasidagi şeriklik uşbu mamlakatda tinçlik va barqarorlik örnatiş, uning iqtisodiy tiklanişi uçun muhim omil bölib xizmat qilişiga işonç bildirdi.
Afğon zaminida barqaror tinçlik örnatiş böyiça mintaqa doirasida va xalqaro maydonda yagona yondaşuvni şakllantiriş, Afğonistonning juğrofiy joylaşuvini uning ijtimoiy-iqtisodiy yuksalişiga xizmat qiluvçi omilga aylantiriş, mintaqada özaro işonç muhitini tiklaş, transport-tranzit salohiyatini yuksaltiriş hamda muştarak infratuzilmaviy loyihalarni amalga oşiriş konferensiyaning asosiy maqsadlaridan biri böldi.
Mazkur anjuman davlatimiz rahbari tomonidan afğon muammosini tinç yöl bilan hal etiş, uning milliy iqtisodiyotini tiklaş yölida amalga oşirilayotgan sa'y-harakatlarning mantiqiy davomidir.
Konferensiyada Afğonistonda barqaror tinçlik örnatilişidan manfaatdor bölgan barça davlatlar vakillari uçun özaro muloqotlar ötkaziş makoni yaratildi.
Yuqoridagilardan kelib çiqib, Toşkentda ötkazilgan xalqaro konferensiyaning Afğonistondagi vaziyatni barqarorlaştirişga nisbatan roli muhim bölganini ta'kidlaş joizdir.
- Agar Afğoniston hududida haqiqiy qurolli mojaro boşlansa ham, Özbekiston öz hududiga xorijiy harbiy bazalarni joylaştirmaslik pozitsiyasida qoladimi?
- Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Taşqi siyosat konsepsiyasi va Mudofaa doktrinasi uşbu savolga aniq va ravşan javob beradi.
Özbekiston mudofaa doktrinasining 10-bandida şunday deyilgan:
«Özbekiston Respublikasining mudofaa sohasidagi siyosati quyidagi prinsiplarga asoslangan: öz hududida çet el harbiy bazalari va obektlarining joylaştirilişiga yöl qöymaslik; Qurolli Kuçlarning xorijdagi tinçlik örnatiş bilan boğliq operatsiyalarda va harbiy mojarolarda iştirok etmasligi».
Yuqoridagilardan kelib çiqib, Özbekiston öz hududiga xorijiy harbiy bazalarni joylaştirmaslik pozitsiyasida qat'iy qoladi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi