Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Instagram o‘smirlarni himoya qilish choralarini kuchaytiradi
Reklama beruvchilar go‘zallik, fitnes va alkogol mahsulotlarini 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri taklif eta olmaydi.
Instagram ijtimoiy tarmog‘i o‘smirlarni himoya qilish choralarini, jumladan, reklamani va kattalarning ular bilan muloqot qilishini cheklash hisobiga kuchaytiradi. Bu haqda ijtimoiy tarmoq blogida xabar qilindi.
Endilikda 16 yoshgacha bo‘lgan barcha foydalanuvchilarning akkauntlari yopiq holda bo‘ladi, deyiladi Instagram blogida.
Instagram ijtimoiy tarmog‘ining ommaviy siyosat bo‘yicha mas'ul xodimi Karina Nyutonning so‘zlariga ko‘ra, yoshlar ijtimoiy tarmoqdagi ochiqlikka tayyor bo‘lmasliklari sababli ushbu qaror qabul qilingan.
Uning aytishicha, o‘smirlar o‘z akkauntlarini ochiq holatga o‘tkazish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ammo Instagram o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, ularning 80 foizi akkauntlarini yopiq holda qoldirishni ma'qul ko‘radi.
Rejalashtirilgan o‘zgarishlardan yana biri reklama beruvchilar va katta yoshli foydalanuvchilarning o‘smirlar akkauntiga kirishi cheklanishidir. Reklama beruvchilar go‘zallik, fitnes va alkogol mahsulotlarini 18 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilarga to‘g‘ridan to‘g‘ri taklif eta olmaydi.
Qayd etilishicha, o‘zgarishlar shu haftadan kuchga kiradi.
Mavzuga oid
08:04 / 08.05.2026
Instagram «Buyuk tozalash»ni o‘tkazdi: millionlab soxta obunachilar o‘chirildi
21:24 / 31.03.2026
Instagram o‘zining pulli obunasini sinovdan o‘tkazishni boshladi
22:58 / 10.02.2026
«Qaramlik mashinalari» - Instagram va YouTube ustidan sud jarayoni boshlandi
12:55 / 12.01.2026