Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliy gvardiya xizmatchisining mol-mulkiga yetkazilgan zarar qoplab beriladi
Hukumat qarori bilan Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga uning xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Milliy gvardiya harbiy xizmatchisining (xodimining) yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga yetkazilgan zararning o‘rni harbiy xizmatchining xizmat majburiyatlarini bajarish vaqtida yetkazilgan taqdirdagina qoplanadi.
Zarar o‘rnini qoplash masalasini ko‘rib chiqish uchun Milliy gvardiya organlarida komissiyalar tuziladi.
Shunga ko‘ra, harbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlari zarar o‘rnini qoplash uchun Milliy gvardiya organlari rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qiladi.
Zarar o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi masala 10 kun ichida, qo‘shimcha hujjatlarni o‘rganish talab etilganda esa 20 kun ichida ko‘rib chiqiladi.
Komissiya qarori 3 kun muddatda manfaatdor shaxslarga – harbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkaziladi.
Komissiya qarori qabul qilingach, Milliy gvardiya organlari tomonidan 10 kun muddatda manfaatdor shaxslarga – harbiy xizmatchi (xodim) yoki uning yaqin qarindoshlariga yetkazilgan zarar qoplab beriladi.
Tavsiya etamiz
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
Jahon | 07:46 / 23.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 20:59 / 22.08.2025
Tramp, dollar va so‘m: AQSh valutasida pul jamg‘arish endi avvalgidek jozibali emasmi?
Iqtisodiyot | 20:54 / 22.08.2025
AQSh 55 milliondan ortiq viza egalarini tekshiradi
Jahon | 10:08 / 22.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv orollarida kuz - chegirmalar va bonuslarga ega mehmonxonalar
O‘zbekiston | 13:00 / 26.08.2025
-
Toshkentdagi klinikada yuz bergan fojia bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Jamiyat | 23:51 / 26.08.2025
-
Tadbirkorlar uchun maxsus huquqiy rejim va har bir mahallaga futbol maydoni – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 26.08.2025
-
2026 yildan boshlab Android noma’lum dasturchilarning ilovalarini bloklaydi
Fan-texnika | 23:10 / 26.08.2025
Mavzuga oid

20:29 / 02.08.2025
Organ xodimlarining talablarini bajarmaganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi

14:13 / 07.07.2025
Toshkentda milliy gvardiyachilar cho‘kayotgan fuqaroni qutqarib qoldi

09:54 / 06.03.2025
Milliy gvardiya tizimiga ishga kiritish bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

17:11 / 07.02.2025