Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2021 yilning birinchi yarmida Samarqand viloyatidan ko‘chib ketganlar ko‘chib kelganlardan qariyb bir baravar ko‘p bo‘lgan
2021 yilning birinchi yarmida Samarqand viloyatiga ko‘chib kelganlar sonidan ko‘chib ketganlar soni qariyb bir baravar ko‘p bo‘lgan. Bu haqda viloyat statistika boshqarmasi Kun.uz’ga xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, 2021 yilning o‘tgan olti oyi mobaynida Samarqand viloyatiga ko‘chib kelganlar soni 5 ming 735 kishini tashkil qilgan. Ko‘chib ketganlar soni esa 9 ming 857 kishini tashkil etgan. Migratsiya saldosi minus 4 ming 122 kishi bo‘lgan.
Qayd etilishicha, migratsiya saldosining yuqori darajasi:
- Payariqda –826 kishi;
- Urgutda –797 kishi;
- Qo‘shrabotda –615 kishi;
- Paxtachida –580 kishi;
- Ishtixonda minus –532 kishi;
- Kattaqo‘rg‘onda –517 kishi;
- Pastdarg‘om tumanida –503 kishi bo‘lgan.
Avvalroq so‘nggi o‘n yilda Samarqand viloyatiga 102 874 nafar odam ko‘chib kelgani, 152 327 nafar odam ko‘chib ketgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
21:43 / 12.01.2026
Samarqand shahri kengaytiriladi va Samarqand tumani tugatiladi
10:01 / 07.01.2026
Samarqandda shifokorlar bemor qornidan 200 gramm mix chiqarib oldi
11:10 / 30.12.2025
Samarqand viloyatini rivojlantirish bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi
12:40 / 26.12.2025