Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Eng ko‘p murojaat ko‘chmas mulk obektiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish haqida bo‘lmoqda – Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasi
2021 yilning 6 oyi davomida Kadastr agentligi Navoiy viloyat boshqarmasiga fuqarolardan 276 ta murojaat kelib tushgan. Ularning qariyb 100 tasi ko‘chmas mulk obektiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish to‘g‘risida. Bu haqda Kun.uz’ga boshqarma axborot xizmati ma'lum qildi.
Ta'kidlanishicha, kelib tushgan murojaatlarning 272 tasi jismoniy, 4 tasi yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan. Uning 60 tasi ijobiy hal etilib, 216 tasiga huquqiy tushuntirish berilgan.
Murojaatlarning 99 tasi ko‘chmas mulk obektiga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, 83 tasi yer ajratish, 2 tasi yerlarni noqonuniy egallab olish, 11 tasi bino va inshootlarga va 81 tasi boshqa masalalarga taalluqli. Eng ko‘p murojaat Xatirchi (55 ta) va Nurota tumanidan (45 ta), eng kami esa Tomdi (2 ta) va Uchquduq tumanidan (3 ta) kelib tushgan.
Oldinroq Navoiyda 2021 yilning 6 oy mobaynida 388 nafar jismoniy shaxsga nisbatan yer maydonini davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganligi uchun 85 mln 773 ming so‘m ma'muriy jarima qo‘llanilgani ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
18:05 / 07.06.2026
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzgan 19 nafar xodim ishdan olindi
19:31 / 04.06.2026
2018 yildan keyin qurilgan noqonuniy uylarning taqdiri nima bo‘ladi?
20:36 / 20.05.2026
Xitoy dunyodagi eng baland gorizontal osmono‘par bino qurilishini yakunladi
14:27 / 20.05.2026