O‘zbekiston | 19:05 / 01.07.2021
2494
1 daqiqa o‘qiladi

Navoiyda 9,8 ga yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan

2021 yilning 6 oy mobaynida 388 nafar jismoniy shaxsga nisbatan yer maydonini davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganligi uchun 85 mln 773 ming so‘m ma'muriy jarima qo‘llanilgan. Bu haqda Kun.uz'ga Kadastr agentligi Navoiy viloyati boshqarmasi axborot xizmati ma'lum qildi. 

Ta'kidlanishicha, uy-joy qurish uchun 76 ta holatda 3,5 ga, noturar joy qurish uchun 94 ta holatda 1,4 ga, tomorqaga 1 ta holatda 0,2 ga, baliqchilik uchun 1 ta holatda 0,5 ga va boshqa maqsadlarda 26 ta holatda 4,3 ga yer maydoni o‘zboshimchalik bilan egallab olingan.

Qonun buzilishini sodir etgan shaxslarga jami 130 ta ogohlantirish xati, tuman hokimlariga 40 ta taqdimnoma, 24 ta holat bo‘yicha prokuratura organlariga ma'lumot, 24 ta holat yuzasidan sudga da'vo arizalari kiritilgan.

Oldinroq Navoiyda ikki yilda 11 ming ga yer noqonuniy berilgani ma'lum qilingandi.

Mavzuga oid