Özbekistonda Gul yetiştiruvçilar uyuşmasi taşkil etildi. 4 avgustdagi qarorga muvofiq, uyuşmani taşkil etişga 20 mlrd söm ajratiladi.

Hujjatga asosan, 2021–2024 yillarda yillik eksport tuşumida gul eksportidan tuşum uluşi kamida 30 foizni va 100 ming AQŞ dollaridan köpni taşkil qiladigan tadbirkorlik sub’yektlarining xomaşyo (gul köçatlari, uruğlari, piyozlari va payvandtaglari) importi uçun sarflangan transport xarajatlarining 50 foizi Eksportni rağbatlantiriş agentligi tomonidan qoplanadi.

Andijon, Jizzax va Namangan viloyatlarida maydoni 2 sotix bölgan 25 ta “Gulçilik öquv poligonlari” taşkil etiladi. Buning uçun 0,5 gektar yer maydoni taşabbuskor tadbirkorlarga elektron onlayn-auksion (qişloq xöjaligiga möljallanmagan yerlarda) yoki oçiq elektron tanlov (qişloq xöjaligiga möljallangan yerlarda) orqali ijaraga beriladi.

2023 yil 1 yanvarga qadar bir qator ösimliklar (TIF TN kodi 0601 va 0602) importida bojxona bojining nol stavkasi qöllanadi.

20 milliard söm qaysi manbadan?

Gul yetiştiruvçilar uyuşmasini tuziş uçun 20 mlrd söm Boğdorçilik va issiqxona xöjaliklari jamğarmasidan ajratiladi. Bu jamğarma Qişloq xöjaligi vazirligi huzuridagi Boğdorçilik va issiqxona xöjaligini rivojlantiriş agentligi qoşida tuzilgan.

Jamğarma daromadlari quyidagilardan iborat:

– davlat budjetidan ajratiladigan TIF TN kodi 07 va 08 bölgan tovar guruhlari böyiça qişloq xöjaligi mahsulotlarini import qilişdan tuşgan bojxona tölovlari (bojxona rasmiylaştiruvi uçun yiğimlar bundan mustasno) summasining 10 foiziga teng ajratmalar,

– Davaktiv qoşidagi “Elektron onlayn-auksionlarni taşkil qiliş markazi” DUKning oçiq savdolarida sotilgan yer uçastkalariga bölgan huquqlarning boşlanğiç bahosidan oşgan summaning 50 foizi;

– xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat taşkilotlarining kreditlari (qarz mablağlari) va grantlari hamda qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boşqa mablağlar.

Hozirgi şaroitda gulçilik muhimmi?

Arzimasdek tuyulsa-da, biroq pandemiya hamon davom etayotgan, oziq-ovqat narxlari borasida xavotirlar sezilayotgan, soliq tölovçilar yelkasida vaksinatsiya xarajatlari ham turgan hozirgi şaroitda gulçilikka 20 mlrd söm ajratilişi maqsadga muvofiqligi borasida soliq tölovçilarda savol tuğilişi tabiiy.

Birgina oziq-ovqat narxlariga qarasak. Kun.uz tahlillariga köra, ötgan yil bilan taqqoslaganda, suyakli mol göşti 17,4 foizga, kungaboqar yoği 60,5 foizga, paxta yoği esa 61,2 foizga, şakar narxi 33,1 foizga qimmatlaşgan.

Markaziy bank hukumatni ogohlantirib, kelgusi oylarda pandemiya bilan boğliq vaziyatning özgarişi dori-darmonlar, tibbiy xizmatlar va asosiy oziq-ovqat mahsulotlari narxlari keskin oşişiga olib kelişi mumkinligini ma’lum qilgan.

Koronavirusga qarşi kuraşiş va uning ortidan kelgan muammolar köndalang turganda gulçilikni moliyaviy qöllab-quvvatlaş ğalati körinadi.

Hokimning gulçi qizi. Yopiq qozon yopiqligiça qolib ketdi

Gul yetiştiruvçilar uyuşmasi tuzilganiga munosabat bildirarkan, iqtisodçi Otabek Bakirov Jizzax viloyati hokimining qiziga tegişli kompaniya Jizzax şahriga gullar ekiş böyiça davlat buyurtmasini yutganini esga oldi.

Viloyat hokimi Ergaş Soliyevning qizi Nargiza Soliyeva egalik qiladigan “My Flower” MÇJ 2020 yil davomida jami qiymati 4 mlrd sömga yaqin 3ta davlat buyurtmasini qölga kiritgan edi [1, 2].

Jamoatçilik bundan xabar topgaç, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi manfaatlar töqnaşuvi ehtimoli bor holatni örgana boşlagandi.

8 oydan köproq vaqt ötdiki, örganişlar natijasi haqida ma’lumot berilmadi.

Agentlik rasmiysi matbuot anjumanida Kun.uz savoliga javoban, töplangan hujjatlar prokuraturaga oşirilganini ma’lum qilgandi.

“Aynan Jizzax böyiça örganişlar qilib, materiallarni Boş prokuraturaga berganmiz”, – degandi KQKA boşqarma boşliği Zuhriddin Qodirov.

Madina Oçilova