Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Jizzaxdagi 2 mlrd so‘mlik davlat buyurtmasi bilan bog‘liq holatni o‘rganishni boshladi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan Jizzax viloyatidagi tanlov holati yuzasidan so‘rov yuborildi. Bu haqda agentlik axborot xizmati xabarida aytilgan.

Qayd etilishicha, davlat xaridlari sohasidagi shartnomalarning ochiq ma'lumotlar portalida e'lon qilinishi natijasida tizim shaffoflashdi.
“Bundan tashqari ommaviy axborot vositalari, blogerlar hamda faol fuqarolar sa'y-harakatlari tufayli mazkur sohadagi korrupsion va manfaatlar to‘qnashuvi aks etgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan holatlar ham yuzaga chiqmoqda.
Jumladan, Jizzax viloyati hokimligi Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi Jizzax shahrini obodonlashtirish maqsadida o‘tkazgan tanlovi masalasi qator muhokamalarni keltirib chiqardi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi o‘z vakolatlari doirasida mazkur holat bo‘yicha o‘rganishni boshladi. O‘rganishlar natijalari bo‘yicha OAV va keng jamoatchilikka batafsil ma'lumot beriladi”, - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, agentlik tomonidan davlat xaridlari sohasida uchrayotgan tizimli qonunbuzilish holatlari tahlilidan kelib chiqqan holda, mazkur jarayonda yuzaga kelayotgan korrupsion holat va manfaatlar to‘qnashuvini tartibga soluvchi va javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutadigan takliflar ishlab chiqilayotgani ma'lum qilindi.
Avvalroq, Jizzax shahrini ko‘rkam qiyofaga keltirish va gullar ekish bo‘yicha 2 milliard so‘mdan ortiq ikkita davlat buyurtmasini qo‘lga kiritgan korxona viloyat hokimining qiziga qarashli bo‘lishi mumkin ekani ma'lum qilingandi.
Tavsiya etamiz
Zelenskiydan mamnun, Rossiya zarbalaridan hafsalasi pir bo‘lgan. Trampning oxirgi bayonotlaridan asosiy gaplar
Jahon | 16:21 / 28.04.2025
Turkiyalik erkak operatsiyadan keyin ona tilini unutib, boshqa tilda gapirishni boshladi
Jahon | 19:42 / 27.04.2025
Havo isib ketishi va qurg‘oqchilikka tayyor turishimiz kerak – Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 15:55 / 26.04.2025
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
To‘rtko‘l tumaniga yangi hokim tayinlandi
O‘zbekiston | 14:25
-
Toshkentda mast holatda mashina olib qochgani aytilgan sudya lavozimidan ozod qilindi
O‘zbekiston | 13:59
-
Zo‘ravonlik sodir etishga moyil bo‘lgan pedagog xodimlar ro‘yxati shakllantiriladi
O‘zbekiston | 13:51
-
No Partey, no party. «Arsenal» nega yutqazdi?
Sport | 13:50
Mavzuga oid

15:26 / 29.04.2025
Davlat xizmatchilarining mol-mulkini deklaratsiyalash bo‘yicha qonun loyihasi may oyida tayyor bo‘lishi kerak

21:57 / 26.04.2025
2024 yilning eng ochiq va eng yopiq davlat tashkilotlari ma’lum qilindi

17:44 / 22.04.2025
Xitoyda korrupsiyaga qarshi kurashishga mas’ul amaldor pora olishda ayblanmoqda

17:03 / 22.04.2025