Jizzax viloyati hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmaçi xizmati» injiniring kompaniyasi 2020 yil noyabr oyida Jizzax şahri köçalarini körkam qiyofaga keltiriş va obodonlaştiriş maqsadida Şarof Raşidov köçasiga manzarali daraxtlar va mavsumiy gullar ekiş uçun buyurtmaçilarni tanlab oliş maqsadida tanlov e'lon qilgan.
Qariyb 1 mlrd sömlik davlat buyurtmasini «My Flower» MÇJ yutgan.
Mablağlar viloyat hokimi Soliyev Ergaş Alibekoviç farmoyişi bilan mahalliy budjetning oşirib bajarilgan qismidan ajratilgan.
«My Flower» MÇJ 2020 yilning fevral oyida ham Jizzax şahri köçalariga mavsumiy gullar ekiş obekti böyiça ötkazilgan tanlovda ham pudratçi sifatida ğolib bölgan. Loyiha qiymati – 1 mlrd 69 mln söm.
Telegram'dagi «davletovuz» kanalining yozişiça, «My Flower» MÇJ 2019 yil may oyida davlat röyxatidan ötkazilgan bölib, uning 50,80 foiz uluşiga Soliyeva Nargiza Ergaşevna, 49,20 foiziga esa Xolmöminov Zohidjon Xolmurod öğli egalik qiladi. Korxona gullar va ularning uruğlarini yetiştiriş bilan şuğullanadi.
«Bizda tasodiflar bölmaydi. Budjet puli sarfi hokimlarning qölida. Hokimlar esa kimgadir ota, aka, uka, öğil. Pul va qarindoşning begonasi bölmaydi», – deya ta'kidlaydi bloger.
Kun.uz yuqoridagi korxona ta'sisçilaridan biri viloyat hokimining qizi ekani yoki unday emasligiga aniqlik kiritiş maqsadida Jizzax viloyati hokimligi axborot xizmati bilan boğlandi. Hokimlik vakili Kun.uz söroviga javob berilişini bildirdi.













