19 sentabr kuni prezidentning «Özbekiston Respublikasida aholi va qişloq xöjaligini röyxatga oliş tadbirini ötkaziş töğrisida»gi 173-sonli farmoni e’lon qilindi.
Unga köra, röyxatga oliş tadbiri 2026 yilning 15 yanvaridan 28 fevraligaça ötkaziladi. Dastlabki 17 kun jarayon internet orqali amalga oşirilsa, keyingi muddatda “mahalla yettiligi” iştirokida uyma-uy yurib ötkaziladi.
Statistika qömitasining Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, jarayonning bir qismi internet orqali amalga oşirilişi va tadbirda qişloq xöjaligini röyxatga oliş parallel ötkazilişi sarf-xarajatlarni qisqartiradi.
“Dastlabki rejalarimizga köra, röyxatga oliş tadbirlari uçun 1,5 trln söm mablağ sarflanişi kerak edi. Lekin xarajatlarni 10 barobarga qisqartirdik – 2026 yildagi aholini röyxatga oliş tadbirlariga taxminan 150 mlrd söm sarflanişi kutilyapti - deydi qömita matbuot kotibi Usmon Abdurasulov.
Xarajatlarning asosiy qismi tadbirda iştirok etuvçi mahalla xodimlarini rağbatlantiriş hamda tarğibot işlarini taşkil etişga yönaltiriladi.
Şuningdek, qömita mas’uli Kun.uz’ning jarayonlar nega qişda, sovuq mavsumda ötkazilayotgani haqidagi savoliga javob berdi.
“Avvalgi rejalarimizga köra, tadbir oktyabr oyida ötkazilişi kerak edi, çunki bu paytda mehnat migrantlari uylariga qaytadi. Lekin keyinçalik qişloq xöjaligini röyxatga oliş ham parallel amalga oşirilişini hisobga olib, ekiş va yiğim-terim paytiga töğri kelmaydigan muddatni tanladik. Yanvar-fevralda köpçilik uyda böladi”, – dedi u.
Nega Özbekistonda aholi röyxatga olinyapti?
Milliy statistika qömitasi raisi Behzod Hamroyevning ta’kidlaşiça, röyxatga oliş nafaqat demografik tarkib va yaşaş şaroitlari haqida ma’lumot beradi, balki oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlaş, ijtimoiy-iqtisodiy dasturlarni işlab çiqiş, demografik rivojlaniş hamda şaharsozlik loyihalarini belgilaşda muhim manba böladi.
“Statistika qömitasi, Mahallalar uyuşmasi va Qişloq xöjaligi vazirligiga keng kölamli tuşuntiriş işlarini olib boriş vazifasi yuklatildi. 3-3,5 oy davomida jamoatçilikka tadbirning ahamiyati, şaxsga doir ma’lumotlar xavfsizligi böyiça batafsil ma’lumot beriladi.
Hududiy komissiyalar taşkil etildi, dastlabki xatlov işlari boşlandi. Endi savollar va moddiy-texnika imkoniyatlar yuzasidan amaliy tayyorgarlik olib borilmoqda”, - dedi Behzod Hamroyev.

















