Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston “Tolibon” jangarilarini qo‘llab-quvvatlayotgani to‘g‘risidagi ayblovlarni rad etdi
Pokiston vakili “Tolibon” IShID bilan hamkorlik qilayotgani haqidagi bayonotni “xayolot” deb atadi.
Pokiston “Tolibon” jangarilarini qo‘llab-quvvatlayotgani to‘g‘risidagi Afg‘onistonning barcha bayonotlarini rad etadi. Bu haqda Pokistonning BMTdagi doimiy vakili Munir Akram ma'lum qildi.
“Biz bu ayblovlarni butkul rad etamiz. Bizning chegaramiz yopiq, uning 97 foiz qismi to‘siq bilan o‘ralgan”, - dedi u.
Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, chegaradan qonunga muvofiq ravishda har kuni 30 mingga yaqin kishi o‘tadi.
Pokiston vakili shuningdek, “Tolibon” IShID bilan hamkorlik qilayotgani haqidagi bayonotni ham rad etdi.
“Ular g‘oyaviy jihatdan farq qiladi, “Tolibon” IShIDga qarshi kurashmoqda, ular qanaqasiga hamkorlik qilishi mumkin? Bularning bari xayolot”, - dedi Akram.
Avvalroq Afg‘onistonning BMTdagi doimiy vakili G‘ulom Ishoqzay Pokistonni toliblarga yordam berishda ayblagandi.
Mavzuga oid
13:47 / 29.06.2026
Pokiston yana Afg‘onistonga hujum qildi
08:49 / 18.06.2026
Pokiston: Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini zudlik bilan ochadi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
17:54 / 10.06.2026