Jahon | 15:17 / 10.08.2021
2328
1 daqiqa o‘qiladi

Gretsiyadagi yong‘inlar 65 ming gektar maydonni qamrab oldi

Yong‘inlar anomal issiq sababli kelib chiqdi. Afina shahri yaqinida 100dan ortiq uy kulga aylandi.

Foto: pixabay.com

Gretsiyada yong‘inlar qamrab olgan hudud maydoni 65 ming gektarga yetdi. Bu haqda «Parlamenskaya gazeta» xabar bermoqda.

Hozirda Evbeya oroli (46 ming gektar), Attika (8 ming) va Lakoniyada (11 ming) yong‘inlar sodir bo‘lmoqda.

Gretsiyada anomal issiq sababli yong‘inlar kelib chiqdi. Afina shahri yaqinida 100dan ortiq uy kulga aylandi.

Mamlakat bosh vaziri Kiriakos Mitsotakisning ta'kidlashicha, oxirgi kunlarda Gretsiyaning turli burchaklarida 586 ta yong‘in yuz berib, hukumat ularga aloqador 10 dan ortiq kishini hibsga oldi.

Mavzuga oid

E`lonlar