Jahon | 20:51 / 10.08.2021
13727
1 daqiqa o‘qiladi

Putinning jiyani «judayam hurmatli inson» bilan uchrashganidan so‘ng Dumaga saylovlardan o‘z nomzodini olib tashladi

Saylov komissiyasi raisi Ildar Zaripovning so‘zlariga ko‘ra, Roman Putinning o‘z nomzodini olib tashlash to‘g‘risidagi arizasi qanoatlantirilgan.

Foto: Kommersant'

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning jiyani, tadbirkor Roman Putin davlat Dumasiga saylovlardan o‘z nomzodini olib tashladi, deb xabar berdi RBK.

U saylovlarda ishtirok etmaslik to‘g‘risida Sankt-Peterburgdagi 4-saylov komissiyasiga ariza berdi, deb yozadi «Zaks.ru».

Saylov komissiyasi raisi Ildar Zaripovning so‘zlariga ko‘ra, Roman Putinning arizasi qanoatlantirilgan.

Roman Putin Instagram orqali saylovlarda nima uchun qatnashmaslikka qaror qilganini aytdi.

«Kecha Moskvada men juda hurmat qiladigan inson bilan uchrashuvdan so‘ng uning tavsiyasi bilan davlat Dumasiga saylov poygasidan chiqishga qaror qildim», — dedi Rossiya prezidentining jiyani.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid