Jahon | 17:26 / 11.08.2021
4624
1 daqiqa o‘qiladi

Estoniyada koronavirus sababli favqulodda vaziyat e'lon qilindi

Estoniyada o‘tgan yili favqulodda vaziyat e'lon qilingan, 2021 yil 1 iyulda esa bekor qilingandi. 

Foto: Raigo Pajula/ITK

Estoniya hukumati mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari ko‘paygani sababli favqulodda vaziyat rejimini e'lon qildi. Bu haqda ERR.ee xabar bermoqda.

«Hozircha rejali davolash ishlari izdan chiqmadi, ammo shifoxonalarda koronavirus bemorlari uchun qo‘shimcha koykalar ochish zarur», — dedi mamlakat sog‘liqni saqlash departamenti bosh direktori Yullar Lanno.

Uning so‘zlariga ko‘ra, shifoxonalarga asosan emlanmagan fuqarolar tushmoqda.

Estoniyada o‘tgan yili favqulodda vaziyat e'lon qilingan, 2021 yil 1 iyulda esa bekor qilingandi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid