“Protestlar hokimlik tomonidan asossiz ravishda rad etilgan” – Navoiy viloyati prokuraturasi Zarafshondagi holatga munosabat bildirdi

Kun.uz Zarafshon shahar prokuraturasi shahar hokimining 2021 yil aprel-may oylaridagi 59ta farmoyishini haqiqiy emas deb topish yuzasidan sudga ariza kiritgani, shahar hokimligi prokuraturaning keltirayotgan vajlarini asossiz deb hisoblayotgani hamda o‘rtada 59 nafar fuqaro sarson bo‘lgani haqida ma'lum qilgandi. Navoiy viloyati prokuraturasi mazkur holatga rasmiy munosabat bildirdi.
Munosabatda ta'kidlanishicha, 2020 yil va joriy yilning o‘tgan 6 oyida viloyat prokuraturasi organlari tomonidan 4579ta noqonuniy hujjatga protestlar kiritilib, 653tasi bekor qilingan, 3756tasi esa qonunga muvofiqlashtirilgan holda 7526 nafar (jumladan 424ta yuridik) shaxsning huquqlari tiklanishiga erishilgan.
“Zarafshon shahar hokimligi tomonidan 139 nafar fuqaroga yengil konstruksiyali obektlarni o‘rnatishga ruxsat berish to‘g‘risida chiqarilgan farmoyishlar Yer kodeksining 23-, 33-, 61-, 62- va 64-moddalarida nazarda tutilgan talablar, ya'ni yer uchastkalariga egalik qilish, foydalanish uchun, ijaraga va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) yer ajratish tariqasida amalga oshirilishi, yer ajratish faqatgina yer uchastkalarini berish masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyalarning dalolatnomasi asosida qaror chiqarish yo‘li bilan rasmiylashtirilishi lozimligi haqidagi hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya qilinmagan holda chiqarilganligi sababli viloyat prokuraturasi tomonidan faqatgina shu davrda qurilish ishlarini boshlamagan 59 nafar fuqaroga chiqarilgan farmoyishlarni bekor qilish to‘g‘risida protest keltirilgan.
Mutasaddi tashkilotlar tomonidan tadbirkorlarga qurilish ishlarini boshlamaslik to‘g‘risida rasman ogohlantirish xatlari yuborilgan. Zarafshon shahar hokimligi tomonidan protestlar asossiz ravishda rad etilganligi sababli “Prokuratura to‘g‘risida”gi Qonunning 38-moddasiga asosan sudga da'vo arizasi bilan murojaat qilingan hamda hozirda ma'muriy sud tomonidan mazkur ishlar ko‘rib chiqilmoqda”, — deyiladi prokuratura munosabatida.
Shuningdek, munosabatda holat yuzasidan Zarafshon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilayotgani, bu borada faqat sud tomonidan yakuniy to‘xtamga kelinishi ta'kidlab o‘tilgan.
Tavsiya etamiz
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
O‘zbekistonliklarni haqoratlagan tiktoker qamoqqa olindi
Jamiyat | 09:52 / 10.04.2025
Xitoy o‘z fuqarolarini AQShga bormaslikka chaqirdi
Jahon | 22:59 / 09.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Myanmada odam savdosi qurboni bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
Jamiyat | 15:18
-
WSJ: Eron AQSh bilan muzokaralarda yadroviy dasturini cheklash evaziga sanksiyalar yumshatilishini talab qildi
Jahon | 15:00
-
Rossiya qo‘shini Sumi markaziga raketa zarbalari yo‘lladi
Jahon | 14:59
-
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50
Mavzuga oid

11:10 / 18.03.2025
Guliston IIB TB talabi bilan Sankt-Peterburgda hibsga olingan o‘zbekistonlik ayolni Rossiya prokuraturasi qo‘yib yubordi

12:10 / 05.03.2025
Bosh prokuratura va IIV bir-birini tiyib turishi kerakligi aytildi

19:30 / 04.03.2025
Toshkent viloyatiga yangi prokuror tayinlandi

10:27 / 06.02.2025