Bishkekda afg‘onistonlik qochqinlar norozilik namoyishi o‘tkazdi
Namoyish ishtirokchilari o‘zlariga Qirg‘iziston fuqaroligi berilishini yoki Shimoliy Amerikaga jo‘natib yuborishlarini so‘radi.
Bishkekdagi BMT vakolatxonasi binosi oldida bir necha o‘n nafar afg‘onistonlik qochqinlar o‘zlariga Qirg‘iziston fuqaroligini berish yoki AQSh yo Kanadaga jo‘natishlarini talab qilib norozilik namoyishi o‘tkazdi.
«Biz Qirg‘izistonda qochqinlar mandati bo‘yicha yashaymiz. Bu hujjat bilan ishga joylashish qiyin. Bizga Qirg‘iziston fuqaroligini berishlarini yoki Kanada yo Amerikaga jo‘natishlarini istaymiz», — dedi namoyish ishtirokchilaridan biri Ali Sarvar Muhammad Nabi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, ayrim qochqinlar Qirg‘izistonda 18-20 yildan beri yashaydi, lekin hujjat ololmaydi.
«Afg‘onistondan ko‘plab fuqarolarni AQSh yoki Kanadaga jo‘natishayotganini eshitdik, bizni ham o‘sha yerga jo‘natishlarini so‘raymiz», — deya talab qilgan namoyish ishtirokchilari.
Ular norozilik namoyishini AQShning Qirg‘izistondagi elchixonasi binosi oldida ham o‘tkazishlarini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
18:02 / 10.08.2024
TezJet aviakompaniyasi Bishkekdan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
17:22 / 09.08.2024
Britaniya: Tartibsizlikka aylangan namoyishlar sababi nima?
14:03 / 08.08.2024
Britaniyaliklar irqchilikka qarshi namoyishga chiqdi
10:56 / 08.08.2024