Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Mudofaa vazirligi saytida O‘zbekiston KXShT a'zosi deb ko‘rsatilgan xato tuzatildi
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi rasmiy saytidagi xabarda O‘zbekiston KXShT a'zosi sifatida ko‘rsatilgan xato o‘zbek OAVdagi xabarlardan keyin to‘g‘rilandi.
Xabarning 25 avgust ertalab tongda joylangan va 7 soatdan ortiq vaqt davomida xato holatda turgan talqinida O‘zbekiston Kollektiv xavfsizlik shartnomasi a'zolari Belarus, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan bir qatorda ko‘rsatilgan edi.

Biroq O‘zbekiston Respublikasi 2012 yildan buyon bu tashkilot a'zosi hisoblanmaydi.
O‘sha yili O‘zbekistonning Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi qonun asosida qabul qilingan, unda respublika harbiy-siyosiy bloklarga qo‘shilmasligi, har qanday xalqaro tuzilma harbiy-siyosiy blokka aylangan taqdirda undan chiqish huquqini o‘zida saqlab qolishi ko‘rsatilgan.
Avvalroq prezident Shavkat Mirziyoyevning matbuot kotibi Sherzod Asadov O‘zbekistonning KXShTga qaytishi ehtimoli yuzasidan Kun.uz bergan savolga javoban, bu – mamlakatning Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasiga zidligini aytgandi.
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti — Rossiya rahnamoligidagi harbiy blok hisoblanadi.
Rossiya Mudofaa vazirligi saytida yo‘l qo‘yilgan xato KXShT O‘zbekiston bilan hamkorlikka tayyorligi haqida bayonot berishi va prezident Shavkat Mirziyoyev tashkilotning Afg‘onistondagi vaziyatga bag‘ishlab videoanjuman shaklida o‘tkazilgan sessiyasida taklif etilgan mehmon sifatida ishtirok etishi ortidan ro‘y bergani jamoatchilik e'tiborini tortdi.
Mavzuga oid
20:54 / 12.01.2026
Armaniston TIV targ‘ibotchi Solovyov bayonotlari tufayli Rossiya elchisini chaqirtirdi
18:18 / 12.01.2026
Rossiya-Ukraina urushi davomiyligi bo‘yicha SSSR-Germaniya urushiga tenglashdi
15:58 / 12.01.2026
GUR: Rossiya ilk bor Ukrainaga “Geran-5” hujumkor dronlari bilan hujum qildi
16:59 / 10.01.2026