Özbekiston prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov OAV uçun ötkazilgan an'anaviy brifingda Kun.uz muxbirining Afğonistondagi vaziyatdan kelib çiqqan holda Özbekiston taşqi siyosatida röy berişi mumkin bölgan özgarişlar va Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkiloti (KXŞT/ODKB)ga qayta a'zo böliş ehtimoli yuzasidan bergan savoliga javob qaytardi.
«Özbekiston 2012 yilda «Özbekiston Respublikasining taşqi siyosiy faoliyati Konsepsiyasini tasdiqlaş töğrisida»gi qonuni qabul qilinişi munosabati bilan Kollektiv xavfsizlik şartnomasi taşkilotidagi a'zoligini töxtatgan edi. Hujjatga binoan, Özbekiston Respublikasi harbiy-siyosiy bloklarda qatnaşmaydi, şuningdek, öz hududida xorijiy harbiy bazalar va obektlarni joylaştirişga yöl qöymaydi.
Bundan taşqari, «Mudofaa töğrisida»gi Özbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasida mudofaa sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari qatorida «harbiy-siyosiy bloklarga qöşilmaslik» tamoyili körsatib ötilgan.
Hozirgi kunda şerik davlatlarning Özbekistondan KXŞTdagi a'zoligini tiklaş masalasini körib çiqiş böyiça takliflari böyiça ma'lumotlar bizda mavjud emas», dedi Şerzod Asadov savolga javoban.
U Afğonistondan ötgan harbiylar öz davlatlariga qaytarib yuborilganini ta'kidladi.
«Özbekiston Afğonistonda kuçayib borayotgan zöravonliklardan xavotirda va qarama-qarşi kuraşayotgan tomonlarni kuç işlatişdan tiyilişga çaqiradi.
Joriy yilning 23 iyunidan boşlab Afğoniston qurolli kuçlari harbiy xizmatçilari tomonidan Özbekiston davlat çegarasini noqonuniy kesib ötişga 4 marta uriniş böldi. Natijada, jami 150ga yaqin afğon harbiy xizmatçilari qölga olinib, ularning barçasi örnatilgan tartibda öz vataniga qaytarildi. Şu borada ta'kidlaş joizki, Özbekiston kelgusida ham öz hududiga noqonuniy kiriş holatlariga yöl qöymaydi.
Albatta, biz Afğoniston bilan yaxşi qöşniçilik munosabatlarini qöllab-quvvatlaş hamda uşbu davlatning içki işlariga aralaşmaslik tamoyili tarafdori ekanligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz», dedi u.












