Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi Osiyo chempionatida 1-o‘rinni egalladi
Dubayda boks bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston milliy jamoasi umumjamoa hisobida 22ta medal bilan o‘z tarixida ilk bor 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Yigitlar jamoasi 6ta oltin, 4ta kumush va 1ta bronza, qizlar jamoasi esa 3ta oltin, 3ta kumush, 5ta bronzaga sazovor bo‘ldi.
29 avgust kuni musobaqa doirasida o‘smirlar o‘rtasida final bahslari tashkil etildi. Chempionatning o‘smirlar o‘rtasidagi janglari yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi vakillari birinchi bo‘lishdi.
Jamoa musobaqada 6ta oltin, 4ta kumush va 1ta bronza medaliga sazovor bo‘lishdi.

Terma jamoa safida quyidagi bokschilar sovrindor bo‘lishdi:
Oltin:
-50 kg: Hojiakbar Mahmudov
-60 kg: Javohir Ummataliyev
-63 kg: Lazizbek To‘lqinov
-66 kg: Fazliddin Erkinboyev
-70 kg: Shavkatjon Boltayev
-81 kg: Sardorbek Tursunov
Kumush:
-52 kg: Abdulloh Madaminov
-54 kg: Mironshox Norqosimov
-57 kg: Dalerjon Bozorov
-75 kg: Mizrob Nekboyev
Bronza:
-46 kg: Baxtiyor Yaxshiboyev
Ikkinchi o‘rinni qozog‘istonlik bokschilar band etishgan bo‘lsa, kuchli uchlikka hindistonlik bokschilar yakun yasashdi. Yana bitta oltin medalni esa Eron vakili qo‘lga kiritdi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026