Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Estoniyada yangi prezident saylandi
Estoniyadagi prezident saylovlarida Alar Karis g‘alaba qozondi. Uning nomzodiga parlament deputatlarining ko‘pchiligi o‘z ovozini berdi.
Estoniya milliy muzeyi direktori Alar Karis saylovlarning ikkinchi bosqichida prezident lavozimiga yagona nomzod bo‘ldi. Unga 80 nafar deputatdan 72 nafari o‘z ovozini bergan. Prezident saylovlarida g‘alaba qozonish uchun kamida 68 ovoz kerak bo‘lgan. Karisga saylovlarning birinchi turida g‘alaba qozonish uchun 5 ovoz yetmagan.
Alar Karis 1958 yil 26 martda Tartu shahrida tavallud topgan. 1981 yilda esa Estoniya qishloq xo‘jaligi akademiyasining veterinariya fakultetini tamomlagan. Keyinroq Germaniya, Britaniya va Niderlandiyadagi bir nechta universitetlarda tahsil olgan.
1999 yildan Tartu universiteti professori, 2007-2012 yillarda esa uning rektori bo‘lgan.
2017 yilda Karis milliy muzey direktori etib saylangan. Bungacha ushbu lavozimni uning rafiqasi Sire egallagan.
Estoniyada prezident vakolatlari 5 yil davom etadi. Bir kishi qatorasiga ikki marta ushbu lavozimni egallashi mumkin.
Avvalroq Estoniya parlamentining navbatdan tashqari yig‘ilishida prezident saylana olinmagandi. Shundan keyin saylovlarning ikkinchi turini 31 avgustda o‘tkazishga qaror qilgan.
Mavzuga oid
20:30 / 19.05.2026
Estoniyaga uchib kirgan Ukraina droni NATO tomonidan urib tushirildi
12:11 / 20.04.2026
9 may oldidan Estoniya Fitso samolyoti uchun havo hududini yopdi
12:27 / 20.03.2026
Estoniya Rossiyani havo hududini buzishda aybladi
14:52 / 28.02.2026