Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
IIBB ustunlardagi bayroqlarni yechib olgan fuqarolar ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkinligini ma'lum qildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi ustunlarga o‘rnatilgan davlat bayrog‘ini o‘zboshimchalik bilan yechib olib, mashinalariga o‘rnatayotgan shaxslarga nisbatan ichki ishlar organlari xodimlari chora ko‘rayotgani aks etgan videolar tarqaldi. Poytaxt IIBB mazkur holat yuzasidan rasmiy ma'lumot berdi.
Qayd etilishicha, 2021 yil 1 sentabr kuni poytaxtning bir nechta tumanida transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilari bayram munosabati bilan hokimiyat tomonidan o‘rnatilgan davlat bayroqlarini o‘zboshimchalik bilan yechib olgan. Ular ushbu bayroqlarni o‘zlarining avtomashinasiga o‘rnatib, bayramni nishonlamoqchi bo‘lgan.
“Biroq, bayroqlar transport vositasiga mustahkamlab o‘rnatilmagan, transport vositasidan tashqariga chiqib turishi esa avtomashinada harakatlanish chog‘ida noqulayliklar tug‘dirib, harakat xavfsizligiga tahdid solgan. Shuningdek, ushbu holatlar fuqarolar tomonidan davlat ramzlari va davlat mulki to‘g‘risidagi qonun talablarining buzilishiga olib kelgan”, deyiladi ma'lumotda.
Bildirilishicha, bu kabi huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslar Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 203-1-moddasiga ko‘ra (“Davlat ramzlari to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish”) ma'muriy javobgarlikka tortilishi mumkin.
“Vatanparvarlik o‘z vataningiz qonunlariga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda bo‘lishda namoyon etilmasligi kerak. Vatanparvarlikni qonunlarga rioya etgan holda namoyon qiling”, deyiladi IIBB xabarida.
Mavzuga oid
09:02 / 28.03.2026
Chiqindilarni noqonuniy olib ketish uchun javobgarlik belgilandi
10:53 / 12.03.2026
Elektr va gazga noqonuniy ulanganlik uchun javobgarlik kuchaytirildi
09:30 / 04.03.2026
O‘zbekistonda femitsid va stalking uchun javobgarlik joriy etilishi mumkin
20:55 / 20.01.2026