Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokiston afg‘onistonlik qochqinlarni qabul qilishni rad etdi
Qayd etilishicha, o‘tgan sutkada kamida 5 ming nafar afg‘on fuqarosiga Pokistonga kirishga ruxsat berilmagan.
Islomobod qochqinlarni qabul qilmaslikka qaror qildi, deb xabar berdi CNN telekanali.
Telekanal yuzlab qochqinlar Spin — Boldak — Chaman chegara-o‘tkazuv punktidan o‘tishga uringani tasvirlangan videolavhani namoyish etdi.
Xabar qilinishicha, yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida bir kishi halok bo‘lgan.
Pokiston afg‘onistonliklarni qabul qilishni rad etganiga qaramasdan, Spin — Boldak — Chaman o‘tkazuv punkti ochiq turibdi. Bu esa Pokistonda davolanayotgan yoki bu mamlakatda yashashga ruxsatnomasi bo‘lganlar hamda Qandahorda yashovchi afg‘onlarning Pokistonga kirishiga ruxsat berilgani bilan bog‘liq.
Qayd etilishicha, o‘tgan sutkada kamida 5 ming nafar afg‘on fuqarosiga Pokistonga kirishga ruxsat berilmagan.
27 avgust kuni Pokiston kuchlari chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan afg‘onistonlik qochqinlarga o‘q uzishi oqibatida uch kishi halok bo‘lgani xabar qilingandi.