Pokiston kuchlari chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan afg‘onistonlik qochqinlarga o‘q uzishi oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, deb xabar berdi RIA Novosti.
Xabarda aytilishicha, voqea Pokiston shimoli-g‘arbidagi Torkham nazorat-o‘tkazuv punktida sodir bo‘lgan.
Agentlik manbasining so‘zlariga ko‘ra, juma kuni ertalab o‘n nafar afg‘onistonlik Pokiston hududiga o‘tgan.
Pokistonlik chegarachilar ularga qarata o‘t ochgan. Natijada uch kishi halok bo‘lgan va besh kishi jarohatlangan.















