16:11 / 02.09.2021
8436

Rossiya O‘zbekiston bilan migrantlar uchun charter poyezdlarini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qilmoqchi

Avvalroq Rossiya qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Lomakin mehnat migrantlarini charter poyezdlarda olib kelish masalasi ko‘rib chiqilayotganini aytgandi.

Foto: migran.tru

Rossiya qurilish vazirligi O‘zbekiston bilan qurilish maydonlarida ishlaydigan migrantlarni charter poyezdlarida olib kelish masalasini muhokama qilishni rejalashtirgan. Bu haqda Rossiya qurilish vaziri o‘rinbosari Nikita Stasishin ma'lum qildi.

"Hozirda Tatyana Golikovaning topshirig‘i ustida ishlayapmiz. Kelasi haftada O‘zbekistonga tashrif rejalashtirilgan. Biz sinov tariqasida tanlov, vaksinatsiya va mehnat migrantlari bilan bog‘liq barcha ishlarni tashkil etishni rejalashtirganmiz. Bu mehnat migrantlarini markazlashgan holda Qozog‘iston orqali poyezdlarda xavfsiz tarzda olib ketish imkoniyatini beradi", — dedi Stasishin.

Uning so‘zlariga ko‘ra, migrantlarni poyezdlarda olib ketish bo‘yicha sinov loyihasi yil oxirigacha ishlab chiqiladi. 

Avvalroq Rossiya qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Lomakin mehnat migrantlarini charter poyezdlarda olib kelish masalasi ko‘rib chiqilayotganini aytgandi.

Lomakinning so‘zlariga ko‘ra, qurilish kompaniyalari yoki kompaniyalar guruhlari kerakli miqdordagi ishchilarni charter poyezdlarda olib kelish uchun ariza berishi ko‘zda tutilmoqda. Hozirda qurilish vazirligi qurilish bozori ishtirokchilari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Vazirlikning ma'lumot berishicha, bugungi kunda qurilish va kommunal sohalarda 3 mln nafar kadr yetishmayapti.

Top