Rossiya qurilish vazirligi mehnat migrantlarini charter poyezdlarda olib kelish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda mamlakat qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Lomakin ma'lum qildi.

"Bu masala ko‘rib chiqilmoqda, hozircha yakuniy qaror qabul qilinmadi", - dedi Lomakin.

Uning aytishicha, mexanizm yo‘lga qo‘yilishiga mavjud koronavirus cheklovlari to‘siq bo‘lmoqda. Bundan tashqari, ishchilarni olib kelish rejalashtirilgan mamlakatlar qonunchiligini ham hisobga olish lozim, dedi Lomakin.

Lomakinning so‘zlariga ko‘ra, qurilish kompaniyalari yoki kompaniyalar guruhlari kerakli miqdordagi ishchilarni charter poyezdlarda olib kelish uchun ariza berishi ko‘zda tutilmoqda. Hozirda qurilish vazirligi qurilish bozori ishtirokchilari bilan muzokaralar olib bormoqda.

Vazirlikning ma'lumot berishicha, bugungi kunda qurilish va kommunal sohalarda 3 mln nafar kadr yetishmayapti.