Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
300 nafardan ziyod pedagog xalqaro sertifikatga ega bo‘ldi
Prezident ta'lim muassasalari agentligi Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda 300 nafardan ziyod pedagoglarni o‘qitib, xalqaro sertifikat taqdim etdi.
Agentlik tomonidan Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar va pedagog xodimlarining kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratilgan seminar treninglar tashkil etildi.
O‘qituvchilar malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan bu kabi tadbirlar yangi tashkil etilgan prezident maktablari o‘qituvchilari uchun tajriba almashinish maydoni bo‘ldi. Hafta davomida o‘tkazilgan treninglar pedagog kadrlarning prezident maktablarida Cambridge Assessment dasturidan samarali foydalanishini ta'minlashda ko‘maklashadi.
8 kun davom etgan o‘quv-seminarlarida ishtirok etgan barcha pedagoglarga o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha Cambridge Assessment tashkilotining xalqaro sertifikatlari taqdim etildi.
Mavzuga oid
09:30 / 15.06.2026
Endi o‘qishni ko‘chirishda ham sertifikatlar uchun ball beriladi
10:04 / 14.05.2026
O‘qituvchi tayyorlash sifati davlat nazoratiga olinadi
13:19 / 20.04.2026
Zo‘ravon pedagoglarga cheklov: ular 1 yil ta’lim tizimiga ishga kirolmaydigan bo‘ladi
10:40 / 18.03.2026