Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
KXShT Tojikistonga Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat keskinlashgan taqdirda yordam beradi
Vladislav Zasning ta'kidlashicha, Afg‘onistondagi vaziyat KXShTni tashvishga solmoqda.
Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a'zo davlatlar Afg‘oniston bilan chegaradagi vaziyat keskinlashgan taqdirda Tojikistonga yordam beradi. Bu haqda KXShT bosh kotibi Stanislav Zas ma'lum qildi.
Uning ta'kidlashicha, Afg‘onistondagi vaziyat KXShTni tashvishga solmoqda.
“KXShTga a'zo barcha davlatlar yagona fikrda va umumiy pozitsiyani yana bir bor tasdiqladi. Janubiy chegaralardagi vaziyat keskinlashgan taqdirda KXShT Tojikistonga barcha zarur harbiy va diplomatik yordamni beradi”, – dedi Zas.
U shuningdek, KXShT jahon hamjamiyatini Afg‘oniston aholisiga gumanitar yordamni kengaytirishga chaqirishini aytdi.
“KXShTga a'zo mamlakatlarning qo‘shma bayonotida jahon hamjamiyati afg‘on xalqiga gumanitar yordamni kengaytirishga chaqirildi”, – dedi tashkilot bosh kotibi.
Mavzuga oid
20:05 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Tojikiston bosh vazirini qabul qildi
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
18:02 / 02.06.2026
Tojikistonda O‘zbekistondan keltirilgan havo shari quladi va odamlar jarohat oldi
18:31 / 29.05.2026