Jahon | 19:32 / 15.09.2021
5157
1 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada dunyodagi ilk TikTok fakulteti ochildi

Kiyev madaniyat va san'at universitetining barcha talabalari uchun fakultetda o‘qish bepul bo‘ladi.

Foto: Dado Ruvic / Reuters

Ukrainalik xonanda va tiktoker Mixail Poplavskiy Kiyev madaniyat va san'at universitetida TikTok fakultetini ochdi. U bu haqda Instagram sahifasida xabar berdi.

Ushbu fakultet nafaqat Ukraina, balki dunyo bo‘yicha yagona hisoblanadi.

Poplavskiyning fikricha, kelajak ijtimoiy tarmoqlarga tegishli bo‘ladi, shu bois yoshlarni ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlashga o‘rgatish lozim.

«Maqsadim — TikTok’ni ukrainlashtirish, mamlakatning yangi tarixini yaratadigan ijodkor va istiqbolli yoshlarni ortimdan yetaklash. Biz noldan boshlaymiz va o‘qishni tugatgach, diplomga ega bo‘lasiz», — deb yozdi tiktoker.

Fakultetda o‘qish universitetning barcha talabalari uchun bepul bo‘ladi.

Mixail Poplavskiy 1993-2015 yillarda Kiyev madaniyat va san'at milliy universiteti rektori bo‘lgan.

 

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid