Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda Pfizer vaksinasining uchinchi dozasi bilan emlanish tavsiya qilindi
Maslahatchilar guruhi 65 yoshdan oshganlar va xatar guruhiga kiruvchilarni buster doza bilan emlashni tavsiya qildi.
AQSh Oziq-ovqat va dori vositalari bo‘yicha boshqarmasining maslahatchilar guruhi 65 yoshdan oshganlarni Pfizer vaksinasining buster dozasi bilan emlashni ma'qulladi. Bu haqda Axios xabar bermoqda.
Ekspertlar shuningdek, xatar guruhiga kiruvchilarga ham koronavirusga qarshi vaksinaning uchinchi dozasi bilan emlanishni tavsiya qildi.
«Bu borada yakuniy qarorni FDA qabul qiladi», — deya eslatib o‘tgan nashr.
Avvalroq xalqaro olimlar guruhi koronavirusga qarshi revaksinatsiya befoyda va nojo‘ya ta'sirlar keltirib chiqarishi mumkin degan xulosaga kelgandi.
Olimlarning fikricha, agarda buster doza (uchinchi emlatma) organizmga juda erta yoki juda tez kiritilsa, miokardit keltirib chiqarishi yoki Giyena-Barre sindromiga sabab bo‘lishi mumkin.
Mavzuga oid
20:35 / 09.07.2026
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
10:20 / 09.07.2026
AQSh va Eron yana zarbalar almashdi. Eronda 3 kishi halok bo‘ldi
18:19 / 08.07.2026
AQShda tor xonada bir necha yil saqlangan 16 bola topildi
15:08 / 08.07.2026