Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy BMTda Qrim masalasini ko‘taradi
Zelenskiy BMT va NATO bosh kotiblari, bir nechta yirik davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba mamlakat prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Bosh assambleyasi yig‘ilishida Qrim masalasini ko‘tarishini ma'lum qildi.
«Bizning davlatimiz va diplomatiyamiz uchun Qrim birinchi raqamli masala hisoblanadi. Bu mavzuda BMT bosh kotibi bilan jiddiy muloqot o‘tkaziladi», — dedi Kuleba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Zelenskiy BMT va NATO bosh kotiblari, bir nechta yirik davlatlar rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
14 sentyabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasi ochildi. 21 sentyabrdan davlat va hukumat rahbarlari, vazirlari ishtirokidagi yuqori darajadagi haftalik ish boshlaydi.
Sessiyada Afg‘onistondagi vaziyat, ijtimoiy tenglik, pandemiya va vaksinatsiya, odam savdosi, iqlim o‘zgarishi kabi masalalar muhokama qilinadi.
Mavzuga oid
11:07
BMT hisobot berdi: davlatlar 2030 yilgacha qo‘yilgan maqsadlarga sekin erishmoqda
10:10
2026 yil iyuni Ukraina uchun eng og‘ir oylardan biri bo‘ldi - BMT
09:30
Saratov NQZdagi asosiy qurilma ishdan chiqdi - Reuters
21:30 / 09.07.2026