Jahon | 21:05 / 21.09.2021
15843
1 daqiqa o‘qiladi

Berdimuhamedovning komaga tushib qolgani haqidagi xabarlar rad etildi

Ta'kidlanishicha, Turkmaniston prezidenti muntazam ravishda tadbirlarda ishtirok etmoqda.

Foto: RIA Novosti

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning salomatligi yomonlashgani to‘g‘risidagi xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi, u tadbirlarda ishtirok etmoqda, deb ma'lum qildi Turkmanistonning Rossiyadagi elchixonasi RBKga.

«Qator OAVning go‘yoki Turkmaniston prezidentining salomatligi yomonlashgani to‘g‘risidagi xabarlari mutlaqo ishonchsiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», — deyiladi xabarda.

Ta'kidlanishicha, Turkmaniston prezidenti muntazam ravishda tadbirlarda ishtirok etmoqda. Xususan, 20 sentyabr kuni Berdimuhamedov onlayn formatda vazirlar mahkamasi yig‘ilishini o‘tkazdi, deya ma'lum qilgan elchixona.

Avvalroq ayrim ommaviy axborot vositalari Berdimuhamedov komaga tushib qolgani to‘g‘risida xabar tarqatgandi.

Berdimuhamedov 64 yoshda, u 2007 yildan buyon Turkmanistonga rahbarlik qilmoqda.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid