Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hindiston bosh vazirining samolyoti uch yil ichida birinchi marta Pokiston ustidan uchib o‘tdi
Ilgari Pokiston Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind va bosh vazir Narendra Modiga xorij mamlakatlariga parvoz qilish uchun Pokiston havo makonidan foydalanishiga uch marta ruxsat bermagandi.
AQShga yo‘l olgan Hindiston bosh vaziri Narendra Modining samolyoti uch yil ichida birinchi marta Pokiston havo hududi orqali uchib o‘tdi. Bu haqda India TV telekanali xabar berdi.
Ma'lumot berilishicha, Hindiston Pokistondan Modining samolyoti Pokiston ustidan parvoz qilishga ruxsat so‘ragan va Islomobod bunga ruxsat bergan.
Ilgari Pokiston Hindiston prezidenti Ram Natx Kovind va bosh vazir Narendra Modiga xorij mamlakatlariga parvoz qilish uchun Pokiston havo makonidan foydalanishiga uch marta ruxsat bermagandi. Bu 2019 yilda Hindiston Jammu va Kashmir shtatlari maqomini o‘zgartirib, uni ikkiga bo‘lib yuborganidan so‘ng boshlangandi.
Narendra Modi AQShga tashrifi davomida vitse-prezident Kamala Harris va prezident Jo Bayden bilan uchrashadi. U shuningdek, BMT Bosh assambleyasining 76-sessiyasida chiqish qiladi.
Mavzuga oid
22:47 / 09.07.2026
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
08:50 / 08.07.2026
2026–2027 yillarda eng tez o‘sadigan iqtisodiyotlar ma’lum qilindi
18:30 / 07.07.2026
Buxoroda hindistonlik talaba yurtdoshini o‘ldirdi
11:04 / 30.06.2026