«Uşbu qonun loyihasida fuqarolarimizning e'tirozlariga sabab bölayotgan ayrim huquqbuzarliklar uçun jarimalar miqdori pasaytirilgan. Bu ijobiy holat, albatta», — deb yozadi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati, ÖzXDP fraksiyasi a'zosi Firdavs Şaripov.

Ma'lum qilinişiça, bir guruh deputatlardan iborat işçi guruh avtotransport vositalarini boşqariş asnosida yöllarda belgilangan tezlikka rioya etilişi radarlar, şuningdek, statsionar va köçma maxsus texnika vositalaridan foydalangan holda nazorat qilinişini örgangan.

Foto: autostrada.uz

Örganiş davomida fuqarolar tomonidan bugungi kunda qöllanayotgan jarimalar miqdori yuqoriligi böyiça e'tirozlar bildirilgan.

Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-3-moddasi ikkinçi qismi sanksiyasidagi jarima miqdorini BHMning 3 baravari — 810 ming söm (hozir 5 baravar — 1 mln 350 ming söm) qilib belgilaş böyiça taklif bildirilgan.

Ya'ni deputatlar aholi punktlarida 70 km/soat bilan çeklangan tezlikda 20-40 km/soatdan köproq aytaylik, 91-110 km/soat tezlik orasida radarga tuşib qolsa, 5 BHM örniga 3 BHM jarima solişni taklif qilişmoqda va buni jarimalar aholining real daromadlaridan kelib çiqib belgilanişi kerak, deya tuşuntirişmoqda.

Muşohada qilaylik, bu taklifni jöyali deb böladimi?

«Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksda nazarda tutilgan ba'zi huquqbuzarliklar uçun tayinlangan jazo çoralarining miqdori kodeksning insonparvarlik va odillik prinsiplariga muvofiq emas», deb yozyapti deputat.

Töğri, şunaqalari ham bor edi. Hali ham bor. Mana şu tamoyilga rioya qilinib, yöl harakati qoidalarini buzganlik uçun belgilangan ayrim jarimalar miqdori avvalroq kamaytirilgan ham edi. Bunga, ruxsat etilmagan joyda töxtaş, svetoforda «Stop» çiziğini bosib töxtaş kabi qoidabuzarliklarni misol keltiriş mumkin.

Tan oliş kerak, bu qoidabuzarliklar yöllarda harakatlanayotgan boşqa iştirokçilarga xalaqit bermaydi, xavf tuğdirmaydi.