«Rostini aytsam, maşinalar harakati qörqinçli. Men rulda ötirganimda qörqib ketaman. Sababi, qoidalar umuman yöq. Sizni öng tomondan, çap tomondan quvib ötişlari mumkin. Heç kim buriliş signallarini işlatmaydi. Çiziqlar hurmat qilinmaydi, ya'ni çiziqlar böyiça yurişmaydi. Çapga buriliş ham qiyin. Bu men uçun qiyin. Menimça, bu yerda baxsiz hodisalar köp böladi», dedi diplomat.
Bris Rokfey Fransiyada haydovçilik guvohnomasini oliş juda qiyinligini ta'kidladi.
«Haydovçilik guvohnomasini oliş uçun talablarni qattiqlaştiriş kerak. Bizda radarlar bor, hamma narsa tekşiriladi. Fransiyada qizil çiroqda ötib ketiş - katta qoidabuzarlik, haydovçilik guvohnomasi sizdan tortib olinişi mumkin. Odamlar juda ehtiyot bölişadi, çunki guvohnomani yöqotiş katta muammo. Siz yöl politsiyasi bilan muzokara qilişga ham urinmaysiz. Bu baxsiz hodisalar va qurbonlar sonini bosqiçma-bosqiç kamaytirişga imkon beradigan çora-tadbirlar majmui. Fransiya yöllarida ham köp qurbonlar bölgan. Infratuzilma, yoritiş tizimi va yuqori sifatli yöllarga ega böliş uçun avtomobil yöllariga sarmoya kiritiş kerak. Bu yordam beradi», dedi u.
Diplomat, şuningdek, temir yöl transportini rivojlantiriş muhimligini aytdi, çunki bu yöllarda yuk maşinalari sonini kamaytirişga yordam beradi.













