Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
8 oyda YTHlarda 1484 nafar inson halok bo‘lgan. O‘limlarning 599tasi tezlikni oshirish bilan bog‘liq – Ruslanbek Davletov
Adliya vaziri O‘zbekistonda 2021 yilning o‘tgan 8 oyida jami 5746 ta YTH sodir bo‘lib, ularda 1484 nafar inson halok bo‘lganini, YTHlarning 35 foizi tezlikni oshirish oqibatida yuz berganini ma'lum qildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.
24 sentabr kuni Qonunchilik palatasi majlisida ma'ruza qilgan adliya vaziri Ruslanbek Davletov mamlakatda haydovchilik madaniyati qoniqarli emasligi, shu sababli ko‘plab avtohalokatlar sodir bo‘layotganini qayd etdi.
“Mamlakatimizda haydovchilarning yo‘l harakati qoidalariga rioya etish holati va haydovchilik madaniyati ham yetarli darajada emas”, – dedi adliya vaziri.
Shu bilan birga, vazir yo‘l-transport hodisalari bo‘yicha statistik ma'lumotlarni ham keltirib o‘tdi. Unga ko‘ra, 2021 yilning o‘tgan sakkiz oyida respublikada 5746ta YTH sodir bo‘lib, ularda 5098 nafar inson jarohat olgan.
Qo‘shimcha qilinishicha, ushbu YTHlarning 2026 tasi, ya'ni 35 foizi tezlikni oshirish oqibatida yuz bergan, ularda halok bo‘lganlar soni 599 nafar (40 foiz) va jarohat olganlar soni 1660 nafarni (32 foiz) tashkil etgan.
Shuningdek, adliya vaziri avtomobilda tezlikni oshirganlik uchun jarimani kamaytirish nazarda tutilmayotganini qayd etdi.
Mavzuga oid
12:06 / 07.04.2026
Chinozda YTH sodir qilib, odam o‘limiga sabab bo‘lgan YPX xodimi 7 yilga qamaldi
13:45 / 05.04.2026
Jizzaxda YTH oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi
21:12 / 29.03.2026
Toshkentda birdaniga 8 ta avtomobil ishtirokida to‘qnashuv sodir bo‘ldi
11:08 / 04.03.2026