Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh qurolli kuchlari generali toliblar “Al-Qoida” bilan aloqalarni uzmaganini aytdi
Avvalroq AQSh Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi rahbari Skott Berre “Al-Qoida” bir-ikki yil ichida Amerikaga yana tahdid solishi mumkinligini bildirgandi.
“Tolibon” harakati “Al-Qoida” terrorchi tarmog‘i bilan aloqalarni haligacha uzmadi. Bu haqda AQSh qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi, general Mark Milli aytdi.
“Tolibon” terrorchi tashkilot edi va shundayligicha qolmoqda, ular haligacha “Al-Qoida” bilan aloqalarni uzmadi. “Tolibon” hukumat shakllantira oladimi yoki mamlakat fuqarolar urushi oqibatida parchalanib ketadimi, bunga aniqlik kiritish kerak”, – dedi general.
Avvalroq AQSh Mudofaa vazirligi razvedka boshqarmasi rahbari Skott Berre “Al-Qoida” bir-ikki yil ichida Amerikaga yana tahdid solishi mumkinligini bildirgandi.
O‘z navbatida, MRB boshlig‘i o‘rinbosari Devid Koen AQSh “Al-Qoida”ning Afg‘onistonda faollashayotganiga oid ayrim ma'lumotlarni olganini aytgandi.
Qayd etilishicha, aksariyat ekspertlar “Tolibon” “Al-Qoida”ning Afg‘onistonda kuchayishini to‘xtata olmasligi yoki to‘xtatishni istamasligidan xavfsiramoqda.
Mavzuga oid
09:15 / 23.06.2026
Belgiya «Tolibon» vakillariga viza berdi
17:54 / 10.06.2026
Pokiston Afg‘oniston bo‘ylab havo zarbalari berdi: 26 kishi halok bo‘lgan
17:37 / 09.06.2026
Afg‘onistonda davlat xizmatchilariga smartfondan foydalanish taqiqlandi
09:00 / 03.06.2026