17:11 / 02.10.2021
8496

AQSh vitse-prezidenti Vashingtondagi uyini sotdi

Bu Kamala Harris vitse-prezidentlik davrida sotgan ikkinchi uydir. Mart oyida u San-Fransiskodagi uyini 860 ming dollarga sotgandi. 

AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris Vashingtondagi uyini 1,85 mln dollarga sotdi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib Forbes xabar berdi. 

Maydoni 1730 kv metr bo‘lgan uyni Harris va uning eri Dug Emhoff 2017 yilda 1,77 mln dollarga sotib olgandi.

Ular uyni aprelda 1,9 mln dollar narx bilan sotuvga qo‘ygandi. Iyulda uy narxi 1,85 mln dollarga tushdi.  

Bu Harris vitse-prezidentlik davrida sotgan ikkinchi uydir. Mart oyida u San-Fransiskodagi uyini 860 ming dollarga sotgandi. 

Soliq deklaratsiyalaridagi ma'lumotlarga ko‘ra, Harris va Emhoff 2020 yilda prezident Bayden va uning xotini Jildan ko‘ra ko‘proq pul topishgan. Baydenlar 607 ming, Harris va uning eri qariyb 1,7 mln dollar ishlagan. 

Top