Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gruziya bosh vaziri «Saakashvili ishi» bo‘yicha hamkorlik uchun Kiyevga minnatdorlik bildirdi
Saakashvili 1 oktyabr kuni ertalab ijtimoiy tarmoqlarda Gruziyaga kelganini va Batumida ekanini ma'lum qilgandi. Shu kuni kechki payt Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili siyosatchining qo‘lga olinganini bildirdi.
Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili huquqni himoya qilish sohasidagi hamkorlik uchun Ukrainaga minnatdorlik bildirdi.
«Men Ukraina tomoniga minnatdorlik bildirmoqchiman. Oxirgi vaqtda o‘rtamizda judayam sermahsul hamkorlik yuzaga keldi. Men Gruziyada qidiruvda bo‘lgan harbiy politsiya sobiq rahbari Megis Kardavaning ekstraditsiya qilinishi hamda Saakashvili ishi bilan bog‘liq misollarni keltirishim mumkin. Bular bizning sermahsul hamkorligimizdan darak beradi», — dedi u.
Garibashvili yaqin vaqt ichida Saakashvilining qo‘lga olinishi bilan bog‘liq barcha tafsilotlar e'lon qilinishini aytdi.
1 oktyabr kuni ertalab Saakashvili ijtimoiy tarmoqlarda Gruziyaga kelganini va Batumida ekanini ma'lum qilgandi.
Shu kuni kechki payt Gruziya bosh vaziri Irakliy Garibashvili siyosatchining qo‘lga olinganini bildirdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Mixail Saakashvili ushlangani haqidagi xabarlardan xavotir bildirdi va Tbilisidan bunga izoh berishni talab qildi.
Mavzuga oid
18:02
“O‘g‘limni izlab Moskvaga bordim” – urgutlik otaning iztirobda o‘tgan kunlari
11:25
Ukraina Rossiya gaz infratuzilmasiga ham zarbalarni kuchaytirmoqda
10:10 / 08.07.2026
Kiyev va Xarkiv yana hujum ostida: jabrlanganlar bor
09:44 / 08.07.2026