«Soat taxminan 2:15larda Quyi Çirçiq tumani osmonida asteroid uçib ötdi. Uni telefonimda videoga oldim, lekin asteroid biror şovqin-suron çiqarmadi», deydi Kun.uz’ga yuborilgan video muallifi.
«Bu Marğilondan olingan video. U olinganda soat 2:19ni körsatmoqda», — deyiladi ikkinçi videoda.
Kun.uz muxbiri uşbu videolarda aks etgan osmon jismi nima ekanligi va uning tabiatiga aniqlik kiritiş maqsadida Mirzo Uluğbek nomidagi Astronomiya instituti direktori örinbosari Yusuf Tillayev bilan boğlandi.
Yusuf Tillayevga köra, Özbekistonning turli hududlarida köriniş bergan noma'lum osmon jismi videolari hozirda tadqiqotçilar tomonidan örganilmoqda.
«Noma'lum osmon jismi böyiça keça bizga ham 7ta video yetib keldi. Videolarni sinçiklab örganarkanmiz, hozirça bu noma'lum jismni koinot çiqindisi (kosmik kemalarning atmosferada yonib ketmagan bölaklari) bölsa kerak degan fikrda turibmiz. Lekin bu fikrimiz qat'iy emas. Çunki bizda bu taxminni inkor qiladigan sabablar ham bor. Masalan, biz oxirgi kunlarda osmonga uçirilgan raketalar böyiça ma'lumotlarni qidirib kördik, ammo bu jismning uçib ötiş vaqti va yaqin atrofda uçirilgan raketalarning uçiriliş vaqti bir-biriga mos kelmayapti.
Bu noma'lum jismni kometa yoki asteroid degan taxminlar esa bizga unçalik ma'qul emas. Çunki asteroidda yoniş kattaroq bölişi kerak. Bizdagi noma'lum jismda nur yonib öçib turibdi», – dedi Tillayev.

Mutaxassis noma'lum jism qandaydir kuzatuvlar uçun uçirilgan dron bölişi mumkinligi taxmini yuzasidan ham fikrlarini bildirdi.
«Bizda bu variant ham bor edi, lekin uni çiqarib taşladik, çunki dronning uçiş balandligi bunday bölmasligi kerak. Noma'lum jism bir neça ön kilometr balandlikda uçmoqda», – dedi u.
Yusuf Tillayevning ta'kidlaşiça, Astronomiya instituti qoşida koinot çiqindilari va yerga potensial xavf tuğdiruvçi osmon jismlarini örganiş markazi ham faoliyat yuritadi. Ammo noma'lum jism uşbu markaz tomonidan sezilmagan.
«Osmon jismlarining sezilmay qolişi juda xavfli hisoblanadi. Masalan, sayyoramizga meteoritlarning urilişi tez-tez bölmasa ham kuzatilib turadigan hodisa. Eng sönggi kuçli töqnaşuv 1908 yilda sodir bölgan. Sibirdagi Tunguska daryosiga 50-100 metr diametrdagi olov şari urilişdan hosil bölgan portlaş kuçi 1945 yildagi Xirosimaga taşlangan atom bombasi kuçidan 185 marta kuçliroq bölgan.












