Tarixdagi eng kuçli va eng oğir raketa Starşip'ning yettinçi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz yakunlandi. Bu haqda 16 yanvar, payşanba kuni SpaceX kompaniyasi xabar berdi.
Yuqori poğona portladi, pastki qismi yerga qaytdi
Raketa Texasning Boka-Çika şahridagi kosmodromdan uçirilgan. Super Heavy'ning qayta foydalaniş mumkin bölgan birinçi bosqiçi kemani orbitaga olib çiqdi, şundan söng u Yerga qaytib, uçiriş maydonçasiga qöndi. Yuqori poğona osmonda ajralib çiqdi, barça oltita Raptor dvigatellari yondi. Ammo keyin kema bilan aloqa uzilib, u quladi.
«Ajralganidan söng, Starship yuqori poğonasi barça oltita Raptor dvigatelini muvaffaqiyatli yoqdi va kosmosga kötariliş uçun tayyorlandi. Uçiriş tugaşidan oldin, parvozning taxminan 8,5 daqiqasida u bilan telemetriya yöqoldi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, kemaning orqa qismida yonğin sodir bölgan, bu esa çiqindilarning Atlantika okeaniga tuşişi bilan tez, rejalaştirilmagan parçalanişga olib keldi», deb xabar berdi milliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi. Uning qayd etişiça, ular hozirdanoq halokat sabablarini örganib, sakkizinçi parvozga tayyorgarlik körmoqda.
«Dastlabki ma’lumotlarga köra, kema dvigatelining himoya devori ustidagi böşliqda kislorod/yonilği sizib çiqqan. Bu ventilyatsiya teşigi siğimidan oşib ketadigan bosim hosil qiliş uçun yetarliça katta edi. Sizib çiqiş böyiça ikki marta tekşirişdan taşqari, biz bu hajmni bostiriş uçun öt öçiriş tizimini qöşamiz, ehtimol, ventilyatsiya teşigining maydonini köpaytiramiz», dedi Mask. Uning sözlariga köra, sakkizinçi sinov parvozi yaqin oylarda bölib ötadi.
Starship — tarixdagi eng katta raketa
Starship — tarixdagi eng katta va eng kuçli raketa. SpaceX ma’lumotlariga köra, kema odamlar va yuklarni Yerning past orbitasiga, Oy va Marsga yetkaza oladi. Tizimning umumiy taxminiy yuk kötariş quvvati 150 tonnani taşkil qiladi.
Qayta foydalaniş mumkin bölgan Starship tizimi 70 metrli Super Heavy birinçi poğonasi va qöşimça dvigatellarga ega 50 metrlik Starship kosmik kemasidan iborat.

















