Amerikalik multimilliarder Ilon Maskning SpaceX kompaniyasi Starship raketasi töqqizinçi sinov parvozi çoğida parçalanib ketdi. Bu haqda SpaceX kompaniyasi 28 may, çorşanbaga ötar keçasi X ijtimoiy tarmoğida xabar berdi.
«Sinov parvozi unçalik hayajonli bölmaganidek, Starship tez va rejalaştirilmagan tarzda parçalanib ketdi. Jamoalar ma’lumotlarni örganişda va navbatdagi sinov parvozi ustida işlaşda davom etadi», deyiladi postda.
Raketa-taşuvçi 27 may kuni Şarqiy vaqt bilan 19:36 da (28 may kuni Toşkent vaqti bilan 04:36) Texasdagi Starbase kosmodromidan havoga kötarildi. Uçirişdan taxminan yarim soat ötgaç, Starship ikkinçi poğonasi ustidan nazorat yöqoldi. AFP agentligi xabariga köra, raketa atmosferaga nazoratsiz kirgan, şundan söng yonib, Hind okeani uzra parçalanib ketgan. SpaceX ma’lumotlariga köra, hodisaga yonilği sizib çiqişi sabab bölgan bölişi mumkin.
Starship kosmik kemasining balandligi 123 metrni taşkil qiladi. Bugungi kunga kelib, u eng katta va eng kuçli kosmik raketa hisoblanadi, deya qayd etadi AFP. SpaceX Starşip'ni qayta foydalaniş mumkin bölgan raketaga aylantiriş maqsadini közlamoqda, bu esa kosmik parvozlar xarajatlarini sezilarli darajada tejaydi. SpaceX boş direktori Ilon Mask Starship 2026 yilda Marsga uça olişiga umid qilmoqda.
Starşip'ning avvalgi sakkizta sinovidan törttasi portlaş bilan yakunlangan. Xususan, raketaning yuqori poğonasi mart oyida portlagan. Öşanda uning qoldiqlari Bahama orollari ustiga qulagan. Yanvar oyi örtalarida xuddi şunday hodisa natijasida vayronalar Karib dengizidagi Terks va Kaykos orollariga tuşgan, deb eslaydi AFP.

















