Şimoliy Koreya 14 yanvar, seşanba kuni Yapon dengizi tomon bir neçta qisqa masofali ballistik raketalarni uçirdi, deb xabar bermoqda Janubiy Koreyaning Yonhap axborot agentligi mamlakat qurolli kuçlari boş ştabiga tayanib.

Birlaşgan ştab boşliqlari qömitasi ma’lumotlariga köra, uçiriş mahalliy vaqt bilan taxminan 9:30 da Çagan provinsiyasining Kange hududidan qayd etilgan. Raketalar dengizga tuşişdan oldin taxminan 250 kilometr uçib ötgan. Janubiy Koreya harbiylari KXDR tomonidan uçirilgan raketalar soniga aniqlik kiritmadi.

Seul uçirişni Pxenyanning navbatdagi provokatsiyasi sifatida baholamoqda. «Qisqa masofaga uçuvçi ballistik raketalarning masofasini inobatga olgan holda, odatda, ularning nişoni Janubiy Koreya ekanligiga işoniladi», — deb yozadi Yonhap.

Birlaşgan ştab boşliqlari uçirişni Koreya yarimorolida tinçlik va barqarorlikka tahdid soluvçi «oşkora provokatsiya» deb atadi va Pxenyan «notöğri qaror» qabul qilgan taqdirda töliq tayyor turişga va’da berdi. Janubiy Koreya harbiylari yangi uçirmalarga tayyorgarlik köriş çoğida «kuzatuv va huşyorlikni kuçaytirib, Şimoliy Koreya raketalari böyiça Amerika va Yaponiya tomonlari bilan yaqindan ma’lumot almaşganini» qöşimça qildi.