O‘zbekiston | 12:04 / 07.10.2021
5054
2 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatidagi muammolarni sanadi

Sirdaryo viloyatida 40 ming nafar aholi ishsiz. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev ma'lum qildi.

Foto: Milliy mass-media fondi

“Bunga qo‘shimcha ravishda har yili mehnat bozoriga 15 ming nafar yoshlar kirib kelmoqda. 30 ming oila doimiy daromad manbaiga ega emas. Vaholanki, Sirdaryoda qishloq xo‘jaligi, sanoat, transport-logistika va xizmat ko‘rsatish sohalaridagi imkoniyatlar to‘liq ishga solinsa,  ishsizlik degan muammo umuman qolmaydi.

Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlarning yangi davri Sirdaryodan boshlanganidan xabaringiz bor. “Xonadonbay” o‘tkazilgan xatlovlar natijasida, viloyatda  282 ming nafar aholida surunkali kasalliklar aniqlandi. Shundan, 25 ming nafar aholida – yurak-qon tomir, 17 mingida – endokrin, 28 mingida – nafas yo‘llari, 20 mingida – oshqozon-ichak, 21 ming nafarida buyrak bo‘yicha surunkali kasalliklar bor.

Bugungi kunda viloyatdagi eng dolzarb masalalardan biri – 5 mingdan ziyod oila uy-joyga muhtoj. Har yili ular safiga yana minglab yangi oilalar qo‘shilmoqda.

Shuningdek, 136 ta mahalladagi ichimlik suvi ta'minoti talab darajasida emas. Yo‘l-transport, kanalizatsiya va boshqa infratuzilmalar bo‘yicha ham, aholida ko‘plab e'tirozlar mavjud.

Viloyatda 83 ta maktab quvvatiga nisbatan 1,5-2 barobar ko‘p yuklama bilan ishlamoqda. 8 ta mahallada bog‘cha umuman yo‘q”, dedi prezidentlikka nomzod.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid