Jahon | 22:50 / 07.10.2021
5246
1 daqiqa o‘qiladi

Skoda butlovchi qismlar yetishmovchiligi bois ishlab chiqarishni qisqartiradi

Ishchilar ikki yarim oy davomida korxona omborlaridagi avtomobillarni yig‘ish bilan shug‘ullanadi.

Foto: EPA-EFE/FOCKE STRANGMANN

Chexiyaning Skoda avtomobilsozlik kompaniyasi 18 oktyabrdan ishlab chiqarishni qisqartiradi yoki butunlay to‘xtatadi. Bu haqda TASS kompaniya vakili Tomash Koterga tayanib xabar berdi.

«18 oktyabrdan boshlab joriy yil oxirigacha Chexiyadagi zavodlarimizda yangi mashinalar ishlab chiqarishni sezilarli darajada qisqartiramiz yoki to‘liq to‘xtatamiz», — dedi u.

Kompaniya vakilining so‘zlariga ko‘ra, bu elektron butlovchi qismlar taqchilligi bilan bog‘liq.

Uning aytishicha, ishchilar ikki yarim oy davomida korxona omborlaridagi avtomobillarni yig‘ish bilan shug‘ullanadi. Hozirda yig‘ilishi kerak 50 mingga yaqin mashina bor.

Avvalroq Skoda Qozog‘istonda mahalliy bozor uchun avtomobillar yig‘iladigan «Azia Avto» zavodi faoliyatini to‘xtatgandi.

Mavzuga oid