Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chexiya prezidenti shifoxonaga yotqizildi
Chexiya prezidenti Milosh Zeman Pragadagi harbiy universitet gospitaliga yotqizildi. Zemanning maslahatchisi Martin Neyyedli prezident harbiy gospitalda rejali ko‘rikdan o‘tkazilayotganini ma'lum qilgan.
O‘z navbatida, Zemanning davolovchi shifokori prezident shifoxonaning jadal davolash bo‘limiga yotqizilganini ma'lum qildi.
14 sentyabrda ham 77 yoshli Zeman shifoxonaga yotqizilgani ma'lum qilingandi. O‘shanda u shifoxonada 8 kun davolangan.
“Prezident mening tavsiyamga ko‘ra shifoxonaga yotqizildi. Biz unga qo‘yilgan tashxisni bilamiz, biroq uni e'lon qilishga rozilik bermadim”, deb aytgan Zemanning shifokori.
Shu bilan birga shifokor Zeman davolashdagi asoratlar sababli shifoxonaga keltirilganini qo‘shimcha qilgan.
Zeman oyoqlar nevropatiyasidan hamda qand kasalidan aziyat chekadi. Shu yil aprelida u nogironlar aravachasida harakatlanishga majbur bo‘layotganini ma'lum qilgandi. O‘shanda u oyoqlari yaxshi ahvolda emasligini aytgan.
Zeman 2013 yildan beri Chexiya prezidenti lavozimini egallab keladi.
Chexiyada 8–9 oktyabr kunlari parlament saylovlari bo‘lib o‘tdi. Ularda muxolif alyans amaldagi bosh vazir Andrey Babish partiyasi ustidan g‘alaba qozondi. Saylovlardan keyin yangi hukumatni shakllantirishni kimga topshirish bo‘yicha qarorni aynan prezident qabul qiladi.
Mavzuga oid
09:14 / 27.05.2026
Chexiyalik fuqaro Eurojackpot lotereyasida 120 mln yevro yutdi
22:01 / 26.05.2026
Ukrainaga yordam beruvchi davlatlar koalitsiyasi ikki barobar qisqargani ma’lum bo‘ldi
20:20 / 01.05.2026
O‘zbekiston Chexiyadan 10 ta elektropoyezd sotib oladi
14:36 / 30.04.2026