Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvaytda ayollarga armiyada xizmat qilishga ruxsat berildi
Birinchi bosqichda ayollar armiyaning tibbiy va yordamchi bo‘linmalarida kichik ofitser va mutaxassis sifatida xizmat qilishi mumkin.
Kuvayt bosh vaziri o‘rinbosari, mudofaa vaziri Hamad Jobir Ali as-Saboh ayollarga amirlik qurolli kuchlarida xizmat qilishga ruxsat beruvchi farmonni imzoladi. Bu haqda Kuvayt axborot agentligi xabar berdi (KUNA).
“Kuvayt ayollari barcha sohalarda, mamlakat boshidan o‘tkazgan eng qiyin sharoit va davrlarda erkaklar bilan tengma-teng harakat qilishlarini isbotlashdi, shu bois ularga Kuvayt armiyasida erkaklar bilan yonma-yon xizmat o‘tash imkoniyatini berish vaqti keldi”, – deya mudofaa vazirining so‘zlaridan iqtibos keltiradi KUNA.
Qayd etilishicha, birinchi bosqichda ayollar armiyaning tibbiy va yordamchi bo‘linmalarida kichik ofitser va mutaxassis sifatida xizmat qilishi mumkin.
Mavzuga oid
11:03 / 15.07.2026
O‘zbekistonliklar uchun Kuvayt vizasi soddalashtirilishi mumkin
08:22 / 25.06.2026
Dunyo armiyalarida ayollar ulushi: kutilmagan yetakchilar kimlar?
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
08:55 / 06.06.2026